So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

03 iyu 12:50
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston U-22 termasi Qatarda ketma-ket ikkinchi g'alabasiga erishdi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Qatarda start olgan U-22 Three Nations Tournament musobaqasida ketma-ket ikkinchi g'alabasiga erishdi.

Qatar poytaxti Doha shahrida 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida U-22 Three Nations Tournament xalqaro turniri davom etmoqda.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi o'yinni Qatar U-22 termasiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona golga 15-daqiqada Andrey Sidorov mualliflik qildi.  

Dastlabki o'yinda Qirg'iziston yoshlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'zbekiston U-22 termasi ikkita o'yindan keyin 2 ta g'alabaga erishgan holda 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Qatar va Qirg'iziston yoshlar termasi 1 ochkodan ega bo'lib turibdi.  


U-22 Three Nations Tournament. Al Sadd stadioni

Qatar U-22 – O'zbekiston U-22 - 0:1

Gol: Andrey Sidorov (15)

Qatar U-22: Meshaal Iso Ahmad, Salah Alavi (Sulton Hussain, 72), Umar Ahmad (Abdulrahmon Anad, 62), Tamim Muhammad, Salim al-Xajri, Ahmad Duzandeh, Mashaal Qosim (Xolid Munir, 62), Nosir Ibrohim, Adel Avali al-Sulaymoniy (Abdulla Abdulsalom, 62), Ahmad Muhammad Ali, Assim Umar.

O'zbekiston U-22: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Mirjamol Qosimov (Xurshid G'iyosov, 46), Abbos Otaxonov (Xojiakbar Alijonov, 56), Javohir Siddiqov (Oybek Rustamov, 69), Abdujamol Isroilov (SHarof Muhiddinov, 69), Husniddin G'ofurov (Doniyor Narzullaev, 90), Andrey Sidorov (Zabihillo O'rinboev, 56), Doston Tursunov, Bekzod G'anijonov (Jasur Yaxshiboev, 46), Suhrob Nurulloev (Bobur Abduxoliqov, 56).

Ogohlantirishlar: Bekzod G'anijonov (73), Zabihillo O'rinboev (77)

Reyting:    

Fikrlar

   
04 iyu 01:21:02
Botir
qirg'iziston bilan qatar koreya yoki avstraliya emas
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing