15 fev 17:57
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekiston U18 xokkey terma jamoasi JCH uchun tayyorgarlikni davom ettiryapti
Xokkey bo'yicha O'zbekiston U18 yoshlar terma jamoasi Rossiya Federaciyasining Almetevsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirmoqda.
Muz ustida va zalda olib borilayotgan mashg'ulotlardan tashqari, jamoa o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazmoqda.
Bunday o'yinlar tayyorgarlik jarayonining muhim qismi bo'lib, xokkeychilarga qimmatli o'yin amaliyotini qo'lga kiritish hamda mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan barcha jihatlarni amalda sinab ko'rish imkonini beradi.
Yig'inlar davom etmoqda, oldinda yana bir nazorat uchrashuvi va tayyorgarlikning navbatdagi bosqichlari bor.







Havola :
Manba : t.me/uz_hockey
Fikrlar