So’nggi yangiliklar

16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:21Ёшлар Олимпиадасида бугун 5 нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0

22 may 12:25
Yangiliklar

Ot Sporti

O'zbekiston uloq-ko'pkari federaciyasi asoschisi Nabijon Jo'raev 70 yoshda!

Teglar :  Nabijon Jo'raev
Tarixi bir necha asrga borib taqaladigan qadriyatlarimizdan biri uloq-ko'pkarining hozirgi kunda rivoj topishiga ulkan hissa qo'shgan insonlardan biri Nabijon Jo'raev qutlug' 70 yoshni qarshi oldi.

SHu munosabat bilan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida Nabijon Naimovichni qutlashga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.  

Unda Cport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, “Nuroniy” jamg'armasi boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari SHarof Ubaydullaev, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, shuningdek, Milliy gvardiya qo'mondonligi hamda sport federaciyalar vakillari va ko'plab faxriylar ishtirok etishdi.  

Tadbirda so'z olgan rasmiylar N.Jo'raevning yurtimiz sporti rivojiga qo'shgan hissasi, xususan, uloq-ko'pkari yo'nalishining taraqqiy etishidagi xizmatlari, hozirgi kunda ham “Tong” faxriylar futbol jamoasida to'p tepib, yoshlarga o'rnak bo'layotgani, ommaviy sport tadbirlarida faol ishtirok etayotganini alohida takidlashdi.

Xususan, SH.Mahmudov yubiley egasiga vazir tabrigini o'qib eshittirdi. O'z navbvtida, SH.Tashmatov va B.Maxsitov Nabijon Jo'raevga MOQning esdalik medalini taqdim etishdi. Nabijon Naimovich bildirilgan tilaklar uchun minnatdorchilik izhor etib, bundan keyin ham yurtimiz sporti rivoji uchun xizmat qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Malumot uchun, Jo'raev Nabijon Naimovich 1954 yil 18 may kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Respublika Olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. 2001 yil O'zbekiston uloq-ko'pkari federaciyaga asos solib, ko'p muddat uning rahbari sifatida samarali mehnat qildi. 

Bugungi kunda ham federaciyaning faxriy raisi sifatida sohani rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing