12 okt 13:40
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston va Misr dzyudo federaciyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkentda o'tayotgan jahon chempionati milliy federaciyalar o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo'lida muhim platformaga aylanmoqda.
Musobaqa doirasida O'zbekiston va Misr dzyudo federaciyalari o'zaro hamkorlik bo'yicha rasmiy kelishuvga imzo chekishdi.
Tadbirda O'zbekiston MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, Misr dzyudo federaciyasi rahbari Ahmad Marzuq ishtirok etishdi.
Kelishuvga ko'ra, tomonlar yirik musobaqalarga tayyorgarlik doirasida o'zaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazib, ilmiy-metodik yo'nalishda tajriba orttirib borishadi.
Ahmad Marzuq poytaxtimizda o'tayotgan ushbu dunyo birinchiligi yuqori saviyada tashkil etilgani, hatto o'zi ishtirok etgan eng yaxshi musobaqa ekanini takidladi. Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro esdalik sovg'alarini almashishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar