19 fev 17:15
Yangiliklar
Boshqalar

O'zbekiston va Qatar chim ustida xokkey bo'yicha hamkorlik qiladi
Qatarning Doha shahrida O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi va Qatar xokkey federaciyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi raisi o'rinbosari R.Axmatulin va Qatar xokkey fedraciyasi Bosh kotibi Abdulla Aman Al-Xater ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuv mobaynida xokkey sport turini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish, o'zaro tajriba almashish masalalariga ham to'xtalib o'tildi.
️Hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlari, tajriba almashish, sportchi va murabbiylarning mahoratini oshirish maqsadida imzolangan shartnoma ikkala tomon uchun ham mintaqaviy va ham xalqaro miqyosda xokkeyni rivojlantirishda muhimligini takidlandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar