So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

14 dek 14:06
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston va Qozog'iston zamonaviy beshkurash federaciyalari o'rtasida memorandum imzolandi

Kecha O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi va Qozog'iston beshkurash federaciyasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi 2017 yilning fevral oyida tashkil qilingan bo'lib, unda sportchilar ot sporti, qilichbozlik, o'q otish, yugurish va suzish bo'yicha bellashadi. Mazkur hamkorlik doirasida ikki mamlakat sportchilarining malakasini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan bo'lib, nafaqat sportchilar, balki murabbiylar ham o'zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 

– Federaciya rahbari sifatida o'zimning ilk oltmish kunlik ish rejamni ishlab chiqqanman, – deydi O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev. – Biz kelgusi yilda mazkur sport turini mamlakatimizda yanada ommalashtirish maqsadida Qatar va Qozog'iston beshkurash federaciyasi bilan o'zaro hamkorlik bitimini imzoladik. Bu orqali sportchilarimizning malakasi va mahoratini yanada oshirishga harakat qilyapmiz. Asosiy maqsad – Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish va unda munosib ishtirok etish.

Eslatib o'tamiz, 11 dekabr kuni O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi va Qatar beshkurash federaciyalari bilan ham hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolagan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing