So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

16 fev 19:13
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federaciyalari o'rtasida Memorandumi imzolandi

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi (O'ZBF) raisi Bahromjon Gaziev va Rossiya zamonaviy beshkurash federaciyasi (RZBF) prezidenti Vyacheslav Aminov Moskva shahridagi Olimpiya qo'mitasi binosida ikki mamlakat federaciyalari o'rtasidagi hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Hujjat O'zbekiston va Rossiya zamonaviy beshkurash federaciyalari tomonidan Olimpiya harakatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, sportning axloqiy va etik qadriyatlarini asrash, sport faoliyatining barcha bosqichlarida adolatli o'yin tamoyillarini izchil qo'llashda hamkorlik qilish va har qanday ko'rinishdagi diskriminaciya, jumladan, irq, millat, jins va yoshga doir kamsitishlarni qoralashni ko'zda tutadi. 

SHuningdek federaciyalar dopingga qarshi kurash bo'yicha hamkorlik qiladi, xalqaro sport maydoni va boshqa sohalarda o'z xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Uchrashuv davomida Vyacheslav Aminov zamonaviy beshkurash mamlakatimizda yaxshi istiqbolga ega ekanligi haqida gapirdi.

«Biz O'zbekistonni beshkurash oilamizning yangi azosi sifatida ko'rishdan xursandmiz. Biz O'ZBF raisi Bahromjon Gaziev bilan ko'plab masalalarni muhokama qildik va o'ylashimcha, beshkurash O'zbekistonda yaxshi istiqbolga ega bo'ladi. Rossiya esa ham maslahat bilan, ham amaliy jihatdan, masalan, murabbiy va sport mutaxassislari tomonidan qo'llab-quvvatlashda yordamga shay», – dedi Vyacheslav Aminov.

Bahromjon Gaziev esa beshkurash orqali O'zbekistonda boshqa Olimpiya sport turlari ham rivojlanishi haqida gapirdi.

«Rossiya – beshkurash bo'yicha jahon etakchilaridan biri. O'zbekistonda sportning bu turi endigina rivojlanmoqda. Beshkurash besh Olimpiya sport turi – suzish, qiliqchbozlik, konkur, yugurish va o'q otishdan iborat ekanligi juda muhim. Beshkurashni rivojlantirar ekanmiz, bu boshqa Olimpiya sport turlarining taraqqiyotiga ham o'ziga xos turtki bo'ladi.

Biz tashkilotlarimiz o'rtasida o'zaro uzviy do'stona aloqalar o'rnatilishiga kelishib oldik. Bu qo'shma yig'ilishlar, ikki tomonlama uchrashuvlarni o'tkazish, bizning sportchi va hakamlarimizni Rossiyada bo'lib o'tadigan musobaqa hamda seminarlarga taklif qilishda o'z aksini topadi. Vaqti kelganda esa biz ham rossiyalik beshkurashchilarni O'zbekistonga taklif qilamiz. Ishonchim komilki, Rossiya va O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyalari o'rtasidagi hamkorlik uzoq muddatli va o'zaro manfaatli bo'ladi», – dedi Bahromjon Gaziev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing