So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

10 apr 16:35
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston va Tojikiston Milliy olimpiya qo'mitalari kelishuvga erishdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, mamlakat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikistonga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, mamlakat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikiston sport vaziri va shu vaqtning o'zida MOQ birinchi vice-prezidenti hisoblangan Abdullozoda Ahtam Rustam taklifiga ko'ra Dushanbega tashrif buyurdi.

Bungacha O'zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlari har ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishgandi. Endi esa har ikki mamlakat sport sohasida ham o'zaro hamkorlikda ish olib boradigan bo'ldi. Olimpiada va Osiyo O'yinlari kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan O'zbekiston, qo'shni mamlakat sportchilarining yirik turnirlarga tayyorgarligi, mahoratli sportchilarni etkazib berish kabi masalalarda hamfikr bo'lishga intiladi.


Uchrashuv davomida Tojikiston va O'zbekiston sportchilari qo'shma yig'inlarda ishtirok etishi borasida kelishuvga erishildi. SHuningdek, Osiyo O'yinlari oldidan Tojikiston delegaciyasi tayyorgarlikning bir qismini O'zbekistonda o'tkazishi borasida kelishib olindi.

“Tojikiston sportchilari bilan hamkorlik nafaqat ular uchun, balki biz uchun ham juda foydalidir. Umid qilamanki, bo'lajak yirik turnirlarda qo'shnilarimiz ham munosib ishtirok etishadi. Ana shunda bu muvaffaqiyatlarning bir qismida bizning ham hissamiz bor ekanidan faxrlanishimiz mumkin bo'ladi. Qolaversa, qo'shnilarimiz bilan iliq munosabatlarni yo'lga qo'yishning o'zi chiroyli ish. Har qanday musobaqa davomida biz ularga, ular bizga muxlislik qilib, bir-birimizni qo'llab-quvvatlab, bir-birimizga suyanib turishimiz o'zaro hamkorligimiz qadrini yana bir karra oshirib beradi. Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev ilk qadamlarni aynan qo'shni respublikalar bilan aloqalarni mustahkamlashdan boshladilarmi, demak biz ham ularning ortlaridan shu yo'ldan yurishga harakat qilamiz”, — dedi Umid Ahmadjonov.


Bir vaqtning o'zida O'FA birinchi vice-prezidenti bo'lgan Umid Ahmadjonov ertaga — 11 aprel kuni Dushanbe shahrida Tojikiston futbol federaciyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o'tkazadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing