So’nggi yangiliklar

11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0

18 fev 17:25
Yangiliklar

Voleybol

O'zbekiston voleybol federaciyasi rahbariyatining tarkibi qayta shakllantirildi

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda federaciya rahbariyati tarkibini qayta shakllantirish kun tartibidagi asosiy masala bo'ldi.

Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Federaciya mutasaddilari va uning hududiy vakillari, sport faxriylari ishtirok etishdi.

Konferenciyani Adham Ikramov kirish so'zi bilan ochib berar ekan, voleybolning nafaqat professional, balki ommaviy sportda ham tutgan o'rni xususida gapirdi. Ushbu sport turi bilan shug'ullanish uchun imkoniyatlar ko'pligi, har bir talim dargohlari va mahallalarda sport maydonlarining mavjudligi uning ommaviyligini oshirishda yordam berishini, oldinda katta vazifalar kutib turgani xususida to'xtaldi. SHuningdek, Ijroiya qo'mitasi tomonidan federaciya raisi lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po'lat Bobojonov haqida ham iliq fikrlarini bildirib o'tdi.

Dastavval, boshqa ishga o'tgani sababli O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Abduqodir Toshqulovning o'z xohishiga ko'ra yozgan arizasi ko'rib chiqildi va delegatlar tomonidan qanoatlantirildi.

SHundan so'ng yig'ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o'tildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Bobojonov Po'lat Razzoqovichning nomzodi O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferenciya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullandi. SHu tariqa Po'lat Bobojonov O'zbekiston voleybol federaciyasi raisi etib saylandi.

Malumot uchun, Bobojonov Po'lat Razzoqovich 1961 yil Xorazm viloyatida tug'ilgan. Uzoq yillardan beri huquq-tartibot sohasida, xususan, Buxoro va Jizzax viloyatlari prokurori, Xorazm viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. 2017 yildan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yurityapti.

Tadbirda so'z olganlar federaciyaning yangi rahbariga mamlakatimizda voleybol sporti rivojini yangi darajaga olib chiqish, terma jamoalarimizni nafaqat yurtimiz, balki jahonda etakchilar qatoriga qo'shish yo'lidagi ishlarida kuch-g'ayrat tilashdi. Xususan, Adham Ikramov yangi rahbarning boy tajribasi va salohiyati evaziga federaciya ishi yanada jonlanishi, qo'shimcha imkoniyatlar yaratilishi, yaqin vaqt ichida mamlakatimizda ushbu sport ommaviyligining oshishiga ishonishini takidladi.

O'z o'rnida, Po'lat Bobojonov bildirilgan ishonchni oqlashga, voleybol sportini mamlakatimizda yanada ommalashtirish, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga vada berdi. Po'lat Razzoqovich ushbu sport turini yaqindan o'rganib chiqqani, bugungi kunda terma jamoamizning jahon va Osiyo reytingida quyi pog'onalarni egallab turgani O'zbekistonga mutlaqo yarashmasligini takidladi. Buning uchun kelgusida terma jamoalarning xalqaro maydondagi ishtirokini ko'paytirish, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish orqali ushbu ko'rsatkichlar yaxshilanishini malum qildi.

Kun tartibiga muvofiq, Ichki ishlar vaziri o'rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'i, general-mayor Bekmurod Abdullaev federaciya raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga saylandi. SHuningdek, Farhod Alimovga 3 oy sinov muddati bilan federaciya Bosh kotibi vazifasini vaqtincha bajarish vakolati yuklatildi.

Tadbir davomida ayni paytdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish masalalari ko'rib chiqilib, dastlabki rejalar kelishib olindi. SHuning bilan, O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing