22 okt 00:05
Yangiliklar

O'zbekiston - Xitoy. Rasmiyatchilik uchun o'tgan o'yinda nursiz durang
“D” guruhning 3-turidan o'rin olgan uchrashuvda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi. Ushbu o'yin natijasidan qatiy nazar terma jamoamiz guruhda birinchi o'rinni naqd qilib ulgurgandi.
O'z o'rnida Xitoy uchun ham bu o'yin amalda hech narsani hal qilmasdi. Deyarli teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda xisob ochilmadi. Terma jamoamiz guruh g'olibi sifatida chorak finalga yo'l oldi.
O'ZBEKISTON (U-19) – XITOY (U-19) - 0:0 (0:0)
21 oktyabr 2016. Manama. “Xalifa Sports Siti” stadioni. 21:30
O'zbekiston: Umidjon Ergashev, Azizbek Suyunov, Xushnudbek Avilov, Sanjar Qodirqulov (SHohrux Mahmudxojiev, 74), Saidjamol Davlatjonov, Suhrob Nurulloev, Javohir Esonqulov, Jamshid Yusupov, Husniddin G'ofurov, Begzod G'anijonov, Nurillo To'xtasinov
Xitoy: SHi Ksiadong, Xuang CHuang, Zang Xongjiang (Feng Boksuan, 84), Vu Vei, Zang Yuan, Gao Xuaze (Ning Veichen, 84), Yao Daogang, Yang Liyu, Xu Jingxang, CHao Yongjing, Xuang Zengyu.
Fikrlar