22 apr 14:10
Yangiliklar
Xokkey

O'zbekiston xokkey terma jamoasi darvozaboni Jahon chempionatida eng yaxshi bo'ldi
19 aprel kuni Armanistonning Erevan shahrida xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining IV divizion bahslari yakuniga etdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, divizion g'olibi bo'lgan O'zbekiston terma jamoasining asosiy darvozaboni Rustam Irgashev musobaqaning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasida g'olib deb topildi.
Malumot o'rnida, 18 yoshli kiper terma jamoamizning to'rtta o'yinida muzga chiqib, atigi 7 ta gol o'tkazib yubordi. Bu musobaqaning eng yaxshi natijasi.
Havola :
Manba : t.me/uz_hockey
Fikrlar