27 dek 19:23
Yangiliklar
O'zbekiston xokkey terma jamoasi "Humo"ning etti-sakkiz nafar rossiyalik xokkeychisini mahalliylashtiradi
Bu haqda federaciya vice-prezidenti Bahodir G'ofurov malum qildi.
"Bizning "Humo" klubimiz terma jamoaning tayanchi hisoblanadi, biz etti-sakkiz nafar rossiyalik xokkeychini fuqarolikka qabul qilish jarayonini boshladik va kelgusida ular terma jamoamizda o'ynashi uchun 2025 yilda ham bu jarayonni davom ettirishni rejalashtirganmiz. Biz Jahon chempionatiga yangi mavsum boshlanishi bilanoq yo'l olamiz, jamoaning o'zagi "Humo"ning yigitlari bo'ladi, o'zimizdagi yoshlardan bir qancha yigitlarni jalb qilamiz.", dedi G'ofurov.
Malumot uchun, O'zbekiston xokkey terma jamoasi 2025 yilning 13-19 aprel kunlari Erevanda (Armaniston) bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining IV divizionida debyut qiladi.
Fikrlar