18 dek 12:23
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekiston xokkey terma jamoasi "Humo"ning rossiyalik sobiq hujumchisini mahalliylashtiradi
Rossiyalik 26 yoshli xokkeychi Pavel Sinyavsviy O'zbekiston terma jamoasi uchun o'ynaydi.
Bu haqda Toshkentning "Humo" xokkey klubi media menejeri Aleksandr Malishev o'zining Telegram'dagi kanali orqali xabar berdi.
"U va men 2019 yildan beri elkama-elka yashaymiz. Yosh yigitga intervyu berishni o'rgatganim, hatto majburlaganim ham esimda.
Men u uchun xursandman. U O'zbekiston terma jamoasi azosi sifatida Toshkentga keladi. Kelgusi hayot qanday bo'lishini kim ham bilardi. Bazan ular qaytishadi", deb yozgandi Malishev Sinyavskiy "Humo"ni tark etganida.
Pavel hozirda VXLda ishtirok etayotgan "Molot" klubi safida harakat qilmoqda. U "Humo" tarkibida jami 104 ta o'yin o'tkazib, 74 ochko ishlagan.
Havola :
Manba : t.me/abmhockey
Fikrlar