13 apr 21:44
Yangiliklar

O'zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida Quvaytni yirik hisobda taslim etdi
Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun ilk tur doirasida Quvaytga qarshi muzga chiqdi.
Quvonchlisi, xokkeychilarimiz JCHdagi tarixiy debyut o'yinida yirik 13:3 hisobida zafar quchdi.
Gollarga Vadim Kravchenko, Salohiddin Azimov (3 tadan), Artyom Malcev (2 ta), Ilya Nazarevich, Pavel Sinyavskiy, Jasurbek Rustamxonov, Javohir Rasulov hamda Daniel Kogan mualliflik qildi.
Ikkinchi juftlikda Indoneziya Eronni 2:1 hisobida mag'lub etganidan keyin termamiz hozircha birinchi o'rinda bo'lib turibdi. Oldinda mezbon Armanistonning Malayziyaga qarshi uchrashuvi kutib turibdi.
Jahon chempionatining IV divizioni. Birinchi uchrashuv
Quvayt - O'zbekiston 3:13 (0:4, 2:5, 1:4)
Gollar:
0:1 – Kravchenko (Malcev, Jilov), 02:40
0:2 – Kravchenko (Jilov, Malcev), 05:16
0:3 – Nazarevich (Kogan), 06:39
0:4 – Kravchenko (Jilov), 16:11
1:4 – Buzdevich (Drojeckix), 22:56
1:5 – Sinyavskiy (Jilov, Bagautdinov), 24:25
1:6 – Azimov (Golubovich) 27:02
1:7 – Rustamxonov (Nazarevich) 28:28
2:7 – Drojeckix (Buzdevich) 31:16
2:8 – Malcev (Dorofeev, Kravchenko) 34:08
2:9 – Azimov (Malcev) 37:26
2:10 – Rasulov (Dorofeev) 41:38
2:11 – Malcev (Azimov) 47:29
2:12 – Kogan (Kravchenko, Jilov) 49:35
3:12 – Drojeckix (Almari, Cibin) 50:10
3:13 – Azimov (Golubovich) 50:29.
Fikrlar