05 may 16:23
Yangiliklar
Xokkey

O'zbekiston xokkey terma jamoasining JCH-2026`dagi raqiblari malum
Xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi keyingi mavsumni Jahon chempionatining III B divizionida o'tkazadi.
Vakillarimiz aprel oyida bo'lib o'tgan IV divizion bahslarida g'olib bo'lgan holda keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqishgan edi. Yakuniga etgan III A va III B divizionlari natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining keyingi mavsumdagi raqiblari oydinlashdi.
Unga ko'ra, 2026 yilda xokkeychilarimiz Jahon chempionatining III B guruhida KXDR, Gonkong, Mo'g'uliston, Filippin va III A divizionidan tushgan Lyuksemburg terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
III A divizionida esa Turkmaniston xokkey terma jamoasi Bosniya va Gercegovina, Turkiya, JAR, Meksika va II B divizionida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Tailand bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : t.me/my_asiasport_news
Fikrlar