So’nggi yangiliklar

21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 18:35Осиё ўйинларининг 11-кунида Ўзбекистон делегацияси 9 та медаль қўлга киритди 0

11 iyu 12:30
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston - Yaman o'yinlari tarixi yoxud yana yirik hisob umidi

Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Yamanga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

Garchi bu mamlakatda hamon notinchlik hukm surayotgan bo'lsada, futbolga nisbatan qiziqish va etibor hamon baland. Har holda, mamlakat jamoalari barcha yosh toifalaridagi OFK musobaqalarida faol ishtirok etishga urinmoqda. To'g'ri, Yaman milliy jamoasi Osiyoda katta mavqega ega emas. Lekin yamanliklarning oxirgi 2ta jahon chempionati saralashida qatnashish imkoniyatini topishgani ham salmoqli yutuq hisoblanadi. Umuman olganda, futbol Yamanga bugun yoki kecha kirib bormagan. Deylik, yamanliklar 1998 yili Franciyada tashkillashtirilgan JCH saralash bosqichida aynan O'zbekiston terma jamoasi bilan guruhdosh bo'lishgandi.

Bilasiz, futbolimiz aynan o'shanda jahon chempionati saralashida debyutini nishonlagan edi. Asosiy fakt shuki, bosh jamoamiz o'z tarixida mundial sari yurishni shu raqibga qarshi o'yin bilan boshlagandi. 1997 yil. Sano. Yaman - O'zbekiston - 0:1. Xullas, debyut o'yinda No'mon Hasanovning penaltidan urgan yagona goli evaziga g'alaba nashidasini surganmiz. To'g'ri, vakillarimiz ilk uchrashuv hayajoni tasiridami, muayyan qiyinchiliklarga duch kelishgan, xususan, futbolchilar yaratilgan vaziyatlardan foydalanish masalasida oqsashgan edi. Poytaxtimizda bo'lib o'tgan javob o'yinida esa milliy jamoamiz asl darajasini ko'rsatib, yirik - 5:1 hisobida ustun kelgan. O'shanda Igor SHkvirin va Oleg SHackix «dubl»ga erishishgan va yana bir gol Ravshan Bozorov hisobiga yozilgandi. Umuman, Rustam Mirsodiqov rahbarligidagi O'zbekiston termasi birinchi bosqichdan aytarli muammosiz o'tgandi, biroq keyingi raundda ancha jiddiy raqiblar (Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA va Qozog'iston) qurshoviga tushib, yakunda guruhda atigi 4-o'rin bilan kifoyalangan. Darvoqe, Qozog'iston va BAA  termalariga qarshi kechgan oxirgi 2ta o'yinda hamyurtlarimiz braziliyalik Vega da Silva etakchiligida maydonga tushgandi.

 2018 yili Rossiyada tashkil etilgan jahon chempionatida ishtirok etishni ko'zlagan jamoamiz saralash chig'irig'ida Yaman termasi bilan yana bir bora to'qnash keldi. Mirjalol Qosimov ustozligida kurashga kirishgan futbolchilarimiz ilk o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. KXDRda suniy qoplamali maydonda to'p surgan vakillarimiz yakunda 2:4 hisobida yutqazishdi va buning oqibatida bosh murabbiy o'zgardi - Qosimov o'rnini Samvel Babayan egalladi. Uning milliy jamoadagi debyuti Toshkentda aynan Yaman termasi bilan bo'lgan o'yinga to'g'ri keldi. Esingizdami, malum muddatli tanaffusdan keyin yana terma jamoaga qo'shilgan Aleksandr Geynrix 51-daqiqada belgilangan jarima zarbasidan unumli foydalanib, Babayanni noxush debyutdan saqlab qolgandi. Javob bahsi esa noyabr oyida Qatarda o'tkazildi va unda Aziz Haydarov, Server Jeparov va Stanislav Andreev 3:1 ko'rinishidagi ishonchli g'alabani taminlashdi. O'z o'rnida bitta qiziqarli malumot: ayni payt O'FA terma jamoalar bo'limi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Aziz Haydarov bosh jamoamiz libosidagi yagona golini aynan o'sha o'yinda urgandi. Ushbu terma jamoa bilan so'nggi to'qnashuvimiz Vadim Abramovning terma jamoa postiga ikkinchi bor qaytishiga to'g'ri keldi. "Paxtakor" markaziy stadionida o'tgan uchrashuvda vakillarimizdagi mahorat va tajriba o'z so'zini aytgan, bu esa yakunda uchrashuvning 5:1 hisobida tugashiga sababchi bo'lgan, deya olamiz. 


1. JCH-1998 saralashi (birinchi bosqich)

YAMAN - O'ZBEKISTON - 0:1 (0:1)

09.05.1997. Sano. «Ali Muhsin» stadioni. 28000 tomoshabin.

Gol: No'mon Hasanov (30-pen.).


2.  JCH-1998 saralashi (birinchi bosqich)

O'ZBEKISTON - YAMAN - 5:0 (1:0)

24.08.1997. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 20000 tomoshabin.

Gollar: Igor SHkvirin (6, 68), Oleg

SHackix (61, 80), Ravshan Bozorov (67).


3. JCH-2018 saralashi (ikkinchi bosqich)

O'ZBEKISTON - YAMAN - 1:0 (1:0)

03.09.2015. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 15000 tomoshabin.

Gol: Aleksandr Geynrix (51).



4. JCH-2018 saralashi (ikkinchi bosqich)

YAMAN - O'ZBEKISTON - 1:3 (0:2)

17.11.2015. Doxa. «Suhaym Bin Hamad» stadioni. 360 tomoshabin.

Gollar: Aziz Haydarov (7), Server Jeparov (31), Stanislav Andreev (50).


5. JCH-2022 saralashi (ikkinchi bosqich)

O'ZBEKISTON - YAMAN 5:0

10.10.2019. Toshkent. "Paxtakor" markaziy stadioni. 28571 tomoshabin

Gollar: Sanjar Qodirqulov 2, - 1:0 (Dostonbek Hamdamov). Eldor SHomurodov 33, - 2:0 (Farrux Sayfiev). Jamshid Iskanderov 53, - 3:0 (Sanjar Qodirqulov). Islom To'xtaxo'jaev 72, - 4:0 (Jaloliddin Masharipov). Igor Sergeev 90, - 5:0 (Dostonbek Hamdamov).


Umumiy statistika: 5ta o'yin, 5ta g'alaba. 15ta gol urilgan, 2ta gol o'tkazib yuborilgan. O'zaro o'yinlarda Igor SHkvirin, Oleg SHackix 2tadan gol urib to'purar bo'lib turibdi. Ravshan Bozorov, No'mon Hasanov, Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Stanislav Andreev, Sanjar Qodirqulov, Eldor SHomurodov, Jamshid Iskanderov, Islom To'xtaxo'jaev, Igor Sergeev hisobida 1tadan gol mavjud. Eldor SHomurodov ertangi bahsda 2ta gol urib SHackix va SHkvirinning rekordini yangilash imkoniyati bor. 

Terma jamoamizga Yaman bilan uchrashuvda omad va zafarlar tilab qolamiz. Olg'a O'zbekiston!

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing