08 okt 12:29
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston - Yaman uchrashuvini 30 yoshli hakam boshqarib boradi
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni JCH-2022 saralashi 2-bosqich 3-turi doirasida o'z maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Mazkur o'yinni suriyalik hakam boshqarib boradi. Hanna Hattab O'zbekiston – Yaman uchrashuvi bosh hakami etib tayinlandi.
Takidlab o'tamiz, o'yin "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi va soat 17:00da boshlanadi. Malumot uchun, Hattab 1989 yilda tug'ilgan.
O'ZBEKISTON – YAMAN
10 oktyabr | "Paxtakor" stadioni | Soat 17:00
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya).
Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)
Komissar: Mei CHiat Si (Malayziya).
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar