19 jan 14:50
Yangiliklar

O'zbekiston Yaponiyani mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi
Uchrashuvning 32-daqiqasida Rustamjon Ashurmatovning pasidan so'ng Javohir Sidiqov jarima maydoni tashqarisidan chap oyog'ida juda chiroyli gol urdi - 0:1. Oradan 3 daqiqa o'tgach Dostonbek Hamdamov raqib himoyasidagi xatodan unumli foydalanib gol urdi - 0:2.
Bahsning 39-daqiqasida Azizjon G'anievning ajoyib pasidan so'ng Yaxshiboev to'pni egallab oldi va uch marta raqib himoyachisini aldab darvozaning uzoq yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 0:3.
Ikkinchi bo'lim boshida G'anievning ajoyib pasidan so'ng Yaxshiboev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi.
Yarim finaldagi raqibimiz 20 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya - Malayziya uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
Yaponiya - O'zbekiston 0:4 (0:3)
Gollar: Javohir Sidiqov 31, - 0:1. Dostonbek Hamdamov 34, - 0:2. Jasurbek Yaxshiboev 39, - 0:3. Jasurbek Yaxshiboev 47, - 0:4.
Yaponiya - 1.Ryosuke
Kojima, 2.So Fujitani, 7.Teruki Xara, 9.Kyosuke Tagava, 11.Keyta Endo,
13.Yuto Ivasaki (18.Daizen Maeda, 46), 14.Takagi Akito (10.Koji Miyoshi,
46) , 16.SHion Inoue (21.Xiroki Ito, 68), 17.Yuta Kamiya, 20.Taiyo Koga,
22.Yugo Tatsuta.
O'zbekiston - 1.Botirali Ergashev,
2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov,
6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov (14.Abdujamol Isroilov, 86),
8.Jasurbek Yaxshiboev, 9.Zabihillo O'rinboev (16.Doniyor Narzullaev, 82),
10.Javohir Sidiqov (22.Bobur Abdixoliqov, 75), 17.Dostonbek Hamdamov,
20.Dostonbek Tursunov.
Fikrlar