14 okt 07:45
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi Bahraynga etib bordi
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubaydagi yig'inni tugatib Bahrayn poytaxti Manama shahriga uchib bordi.
“O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasini Manama aeroportida mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari iliq tarzda kutib olishdi”, - deb yoziladi O'FFning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvni 15 oktyabr kuni o'tkazadi. SHu kuni yoshlarimiz Tojikistonga qarshi o'ynashadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar