So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

03 dek 13:45
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasiga yangi rais saylandi

Xabaringiz bor, yurtimizdagi sport federaciyalari bilan birga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun strategiya ishlab chiqilgan.

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik yo'lida O'zbekistonda zamonaviy beshkurash sport turini rivojlantirish ham alohida o'rin tutadi. Bu borada federaciya faoliyatini takomillashtirish katta ahamiyatga ega.

SHu munosabat bilan bugun, 3 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi tashkil etildi. Tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti, engil atletika, qilichbozlik, suzish, o'q otish federaciyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Konferenciyani O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidentining maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov olib bordi. Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylab olishdan iborat edi. Federaciyaning avvalgi rahbari Farruh Fazliev boshqa ishga o'tgani munosabati bilan bo'shab qolgan lavozimga bungacha O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi o'rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Gaziev nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan B.Gaziev nomzodini qo'llab-quvvatlashdi va shu tariqa u O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisiga aylandi.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati federaciyaning yangi raisiga oldinda turgan masuliyatli vazifada muvaffaqiyatlar tiladi, federaciya faoliyatini rivojlantirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalarni berdi. O'z navbatida, Bahrom Gaziev o'z rejasi bilan barchani tanishtirdi. Asosiy maqsad – Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish ekanligini qayd etib o'tdi.

Malumot uchun, zamonaviy beshkurash sportida atletlar beshta yo'nalish – qilichbozlik, suzish, ot sporti, yugurish va pistoletdan o'q otish bo'yicha kurash olib boradilar. Mazkur sport turi ilk marotaba 1912 yili Stokgolm mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida dasturga kiritilgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing