So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

04 noy 18:00
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda antidoping agentligi ochilishi mumkin

Ayni kunlarda CHexiya poytaxti Pragada bo'lib turgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Xalqaro antidoping agentiligi (WADA) Bosh direktorining o'rinbosari Rob Koexler bilan uchrashdi.

Suhbat jarayonidagi asosiy mavzu O'zbekistonda Milliy antidoping agentligini ochish masalasi bo'ldi.  

Malumki joriy yilning 9-10 mart kunlari poytaxtimizga Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan aloqalar bo'yicha direktor o'rinbosari Tom Mey va ushbu tashkilotlar bilan aloqa bo'yicha menejeri Francisko Leonlar tashrif buyurishgandi. Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari vakillarining yurtimizga tashrifidan ko'zlangan maqsad O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarlari bilan uchrashish bo'lib, O'zbekistonda Milliy antidoping tashkilotini tuzish imkoniyatlarini muxokama qilish edi. 

So'nggi yillarda O'zbekiston sportchilarining xalqaro maydonda erishayotgan natijalari yuksalib borayotganini hisobga olib va ayniqsa so'nggi Olimpiya o'yinlaridagi o'zbek sportchilarining zafarli yurishlaridan so'ng Butunjahon antidoping agentligi (WADA) mamlakatimizda ham mustaqil Milliy antidoping tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqqan, o'z navbatida Milliy Olimpiya qo'mitasi ushbu tashabbusni qo'llab quvvatlagan edi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “2020 yili Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash to'g'risida” PQ-2821-son qarorining Dasturida ham ushbu mavzuga alohida urg'u berilgan bo'lib, aniq va muayyan vazifalar belgilab qo'yilgan.

Jumladan, sportda dopingdan foydalanishga qarshi faoliyat olib borish bo'yicha dasturni amalga oshirish; Butunjahon dopingga qarshi agentligining (antidoping) yangi qoida va talablarini tezkor tadbiq etish hamda uzluksiz monitoringini olib borish; doping-tekshiruv va biomateriallar topshirish procedurasi haqida sportchilar, sport shifokorlariga malumot va tavsiyalar taqdim etgan holda, xalqaro tajribaga muvofiq o'rganishlarga asosan, O'zbekistonda antidoping onlayn xizmati va taqiqlangan dori-darmonlar to'g'risidagi malumotlar bazasini yaratish; sportda foydalanishi taqiqlangan dori-darmonlar to'g'risida seminarlar va konferenciyalar o'tkazish, sportda dopingdan foydalanishga qarshi uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 

Oybek Kasimov bilan bo'lib o'tgan bugungi uchrashuv davomida janob Rob Koexler O'zbekistonda Milliy antidoping agentligini ochish masalasida zarur amaliy yordamlarni ayamasligi, kerak bo'lsa Toshkentga ekspertlar va mutaxassislardan iborat kommisiya yuborishini takidlab o'tdi. O'z navbatida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi janob Koexlerga taklif etilayotgan yordam uchun minnatdorchilik izxor etib, O'zbekiston bu masalada WADA da bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing