30 may 08:22
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonda futbol o'yinlarini 5 iyundan davom ettirishga ruxsat berildi
Bu haqida respublika maxsus komissiyasi tomonidan axborot berildi.
Unga ko'ra, 2020 yil 5 iyundan boshlab O'zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, futbol bo'yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o'z o'quv mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashlari mumkin.
Malumot uchun, futbol bo'yicha Superliga bahslari 3-turdan so'ng koronavirus sabab to'xtab qolgandi.
Havola :
Fikrlar