So’nggi yangiliklar

15:06ATP рейтинги. Султонов 139 поғонага пастлади. Қолганларнинг ҳолати қандай? 0 14:45Бектемир Мелиқўзиев: "Сўнгги синов жанги берилганди" 0 14:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди 0 14:03Макгрегор UFC сукунати фонида сабрнинг чеки борлигини эслатиб қўйди 0 13:42Муҳаммад Мокаев: "Бир неча нокаут ва мен яна ўша ерда бўламан" 0 13:21"Странжа" турнирининг иккинчи куни Тўрабек Хабибуллаев ва яна 10 боксчимизга мухлислик қиламиз 0 13:00Адвокат Кюрасао терма жамоаси бош мураббийи лавозимини тарк этди 0 12:39Нодирбек Абдусатторов мураббийини алмаштирди 0 12:18Мадияр Саидраҳимов ва Саиджамшид Жафаров Москвада рингга чиқди 0 11:57Райан Гарсия Марио Барриосдан икки баробар кўпроқ гонорар олди 0 11:36"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди 0 11:15"Странжа-2026". Ўзбек — қозоқ дербисида ҳозирча дуранг. Беш нафар боксчимиз кейинги босқичда 0 10:54Камилла Раҳимова дунёнинг 65-ракеткасини мағлуб этди (ВИДЕО) 0 10:33Райан Гарсия: "Шакур Стивенсон мен билан жангда бундай эркин бўла олмайди" 0 10:12ПСЖ Ямал учун қанча таклиф қилгани маълум 0

02 iyu 23:16
Yangiliklar

SHaxmat

"O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" unvonini olgan yagona sport sharhlovchisi Akrom Toshxo'jaev haqida

Bugun xalqaro sport jurnalistlari kuni sifatida nishonlanmoqda.

SHu munosabat bilan, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" unvonini olgan yagona sport sharhlovchisi Akrom Toshxo'jaev haqidagi maqolamizni etiboringizga havola qilamiz.

SHaxmat o'yinlarini sharhlash mumkinmi? Bir qarashda muxlislar uchun aytaylik, millionlar o'yini – futbol oldida qiziqarsiz mashg'ulotdek ko'rinadi.

Lekin, shaxmatning jozibasi, betakror go'zalligi va maftunkorligi borki, u fikrlashga mushohada yuritishga moyil insonni albatta o'ziga rom etadi. Qolaversa, jurnalist yoki sharhlovchi o'z sohasini chuqur bilishi, yaxshi bilim va tajribaga ega bo'lishi orqali muxlislarni sharh orqali shu sport turiga qiziqtira oladi. O'zbek shaxmat maktabining taraqqiyotida taniqli ustoz Mamajon Muhiddinovning xizmatlari katta bo'lgan. SHaxmat adabiyoti va sharhlovchiligining shakllanishida 70-80 yillarda ustozning ulkan hissasi bor. 

Uning televideniedagi shogirdi Akrom aka Toshxo'jaev ham o'z ovozi, teran fikr-mulohazalari bilan ko'plab shaxmatsevarlarni ekran qarshisiga to'play oldi. 

Ko'pchilik 2004 yili iyul oyida Tripoli shahrida o'tkazilgan jahon chempionatining final qismini yaxshi eslashadi. Rustam Qosimjonov yuz nafar davogarlar chig'irig'idan birin-ketin o'tib finalda taniqli ingliz grossmeysteri Maykl Adams bilan o'ynaydigan bo'ldi. Akrom aka bu bahsning naqadar ahamiyatli ekanligini yaxshi bilar, uchrashuvlarni to'g'ridan-to'g'ri muxlislarga etkazish ilinjida elib yugurardi. Nihoyat, “Sport” telekanali orqali yoritish uchun ruxsat olindi. Bu orada asosiy bahslar nihoyasiga etib, hisob 2:2 bo'lgan, barchasi tezkor shaxmat o'yinlarida hal bo'lishi kerak edi. Qariyb to'rt soat davom etgan tezkor matchda nihoyat, o'zbek shaxmatchisi g'olib chiqdi.  Muxlislar va tomoshabinlar Akrom akaning: “Mana besh sekund,..., uch sekund, Rustam tezroq yurishi kerak! G'alaba yaqin!” degan so'zlarini hamon eslashadi. Match tugagach, davlatimiz tomonidan, Rustam Qosimjonovga “Amir Temur” ordeni, Akrom Toshxo'jaevga “Xizmat ko'rsatgan jurnalist” unvoni berilgan edi. Keyinchalik, O'zbekiston shaxmat bo'yicha nufuzli match va turnirlarga ko'p bor mezbonlik qildi. Ehtimol, bu turnirlar shunchaki o'tib ketaverishi mumkin edi. Lekin, yurtimizda shaxmat bo'yicha sharhlovchilik maktabi shakllangan edi. Esimda bor, 2011yil 28 martda o'tkazilgan Qosimjonov – Anand bahsi kun davomida “Sport” telekanalida to'g'ridan-to'g'ri sharhlangan, shaxmatni bilgan ham, bimagan ham matchni miriqib tomosha qilgan edi.  CHunki taniqli shaxmatchilarimiz va murabbiylar ham  sharhda ishtirok etgan, bahs- munozara bilan vaqt shunchalik tez o'tganini sezmay ham qolgan edik. Efir tugagandan so'ng, “Sport” telekanali direktori, rahmatli Davlat Turdaliev Akrom aka bilan meni xonasiga chaqirib, ”Demak, shaxmatni ham sharhlash, televidenie orqali yoritish mumkin ekan! Studiya sizlar uchun hamisha ochiq. Muhimi, tomoshabinlar qalbidan joy olish kerak” degan edi. Keyinchalik, Akrom akaning sayi-harakatlari bilan “Gran-pri” turnirlari ham to'g'ridan-to'g'ri yoritildi. Turnir davom etar ekan, Akrom aka sharh davomida nimalarga ahamiyat qaratish, o'zbek muxlislari uchun tushunarli va qiziqarli yoritish kerakligini uqtirar edi. Bir kuni efir ketayotgan zalga taniqli shoir Erkin Vohidov kirib keldi. “Men har kuni sharhlarni miriqib kuzatib boryapman. Sizlar shaxmat adabiyotiga  sharhlaringiz orqali yangi o'zbekcha atamalar va iboralarni olib kirdingiz” deya etirof etgan edi.

Akrom Toshxo'jaev hamon yoshlarga shaxmatdan  saboq berar ekan, sodda va aniq izohlari, hazil so'zlari bilan ularning qalbida qadimiy o'yinga mehr o'yg'otishga intiladi. SHuning uchun uning shogirdlari bir umrga shaxmatga oshno bo'lib qoladilar. 


Mamatqul Xaylaev


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing