So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

23 okt 07:23
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda yangi badminton markazi ochiladi

Bosh vazir o'rinbosari, O'zbekiston badminton federaciyasi raisi Aziz Abduhakimov federaciyaning yangi mashg'ulot majmuasida yakunlangan tamirlash ishlarini ko'zdan kechirdi.

Toshkent shahar, CHilonzor tumani Muqimiy ko'chasida joylashgan ushbu yangi majmua yaqin 10 kun ichida tashrif buyuruvchilar uchun o'z eshiklarini ochadi. Tamirlash ishlari homiylik mablag'lari asosida amalga oshirildi. Majmua O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo'yicha bergan ko'rsatmasiga asosan bunyod etilgan. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti shu yilning 20 sentyabrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazgan va unda mamlakatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirish, ommalashtirish bo'yicha bir qator muhim ko'rsatmalar belgilab berilgandi.

Qayd etish lozimki, badminton jarohat olish ehtimoli juda kam bo'lgan sport turi hisoblanadi va u bilan barcha yoshdagi insonlar shug'ullanishlari mumkin. Badmintonni «raketka bilan o'ynaladigan shaxmat» deb ham atashadi. CHunki, o'yin davomida sportchi zarbalarning turli usullarini tezkorlik bilan o'ylab, amalga oshirishi lozim. Bunga erishish uchun albatta tezkor fikrlash talab etiladi. Badminton bilan shug'ullanish uchun lozim bo'lgan bunday hislatlarga esa albatta mashg'ulotlar va musobaqalarda erishiladi.

Umid qilamizki, ushbu sport majmuasi olimpiya sport turi hisoblangan badminton bo'yicha O'zbekistonga yangi chempionlarni tarbiyalab beradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing