13 fev 13:18
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari

O'zbekistonda yangi musobaqa tashkil etiladi: g'oliblarga uy, avtomobil va boshqa qimmatbaho sovg'alar beriladi
Yilda ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari bo'yicha “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” musobaqalarini o'tkazish yo'lga qo'yiladi.
Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rag'batlantirib boradi.
Viloyat bosqichi g'oliblari har yili 10-20 dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida o'tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.
Musobaqa g'oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o'rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.
Bunda 1-2 kurs o'quvchilariga stipendiya to'lash yo'lga qo'yiladi.
Havola :
Manba : t.me/Press_Secretary_Uz
Fikrlar