So’nggi yangiliklar

19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0 18:42Шон О’Мэлли гонораридан нолиётган ММА жангчиларни танқид қилди 0 18:18Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега? 0 17:47Мераб Двалишвили ва Шон О’Мэллининг эртанги жанг учун гонорарлари маълум қилинди 0 17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0 15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0

03 okt 10:07
Yangiliklar

Futbol

O'zbekistondagi futbol klublaridan birining hisobchisiga sud hukmi o'qildi

Teglar :  Qarshi oltin tola
Muborak tumanida yashovchi Rustam Murodov uzoq yillar davomida Qarshi oltin tola professional mini-futbol klubi bosh hisobchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Mamlakatimizda mustaqil sud hokimiyati zimmasiga sudlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy huquqlarini sud tartibida himoya qilish, adolat va qonun ustuvorligini taminlash hamda odil sudlovga erishishdek muhim vazifalar yuklangan. Ushbu vazifalarning o'z vaqtida, sifatli ado etilishi fuqarolarning sud hokimiyatiga bo'lgan ishonchini tubdan oshiradi.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2017 yil 13 iyunda sud organlari tizimida odil sudlovni taminlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida takidlaganidek, asosiy maqsadimiz — fuqarolarning huquq va erkinliklarini hi¬moya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo'lgan ishonchini qatiy mustahkamlash, sudni tom manoda adolat qo'rg'oniga aylantirishdan iborat.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiya¬si ijrosi doirasida sud-hu¬quq tizimidagi shiddatli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud organlarining vakolati va masu¬liyati tobora oshirilmoqda.

SHu o'rinda hayotiy misollarga murojaat etadigan bo'lsak, Muborak tumanida yashovchi Rustam Murodov uzoq yillar davomida «Qarshi oltin tola» professional mini-futbol klubi bosh hisobchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Klubning 2010-2011 yillardagi faoliyati mutasaddi idoralar tomonidan taftish qilinganda, ishchi-xodimlarning xizmat safari uchun «Hamkorbank»ning Qarshi filialidan olingan 41 million 985 ming so'm mablag'ning 1 million 986 ming 400 so'mi klub azolariga berilmasdan, bosh hisobchi R .Murodov hamda klub rahbari Qobil Qurbonov tomonidan o'zaro jinoiy til biriktirilib, o'zlashtirib yuborilgani aniqlangan, deb jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

SHu o'rinda jinoyat ishining Q. Qurbonovga oid qismi amnistiya aktiga asosan tugatilganini aytib o'tish lozim.

Taftish yakunlari bo'yicha, shuningdek, klubning 3 million 396 ming so'mlik tovar-moddiy boyliklari ham mansabdor shaxs¬lar tomonidan talon-toroj etilgan deb topilib, tergov or¬gani tomonidan jinoyat ishining bosh hisobchi R. Murodovga oid qismi bo'yicha ayb elon qilingan va ish sudga yuborilgan. Eng achinarlisi, R. Murodovga nisbatan qidiruv elon qilinib, qa¬moqqa olish ehtiyot chorasi qo'l¬lanilgan.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo'yicha Qarshi tumani sudi tomonidan batafsil ko'rib chiqildi. Sudda sudlanuvchi R. Murodovga nisbatan tayinlangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilindi. Sud R. Murodovning aybli yoki aybsizligi masalasini har to¬monlama muhokama qilib, dalillar va jinoyat ishida mavjud bo'lgan hujjatlar asosida barcha fuqaroviy davogarlar va guvohlar ko'rsatmalarini o'rganib chiqdi.

Sud tomonidan ishni ko'rib chiqishda Jinoyat processual kodeksining 463-moddasi ham¬da Oliy sud Plenumining 2014 yil 23-maydagi «Sud hukmi to'g'risida»gi qarori 16-bandida qayd etilgan, ayb¬lov huk¬mi taxminlarga asosan bo'lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining ji¬noyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chi¬qa-rilishi mumkin, degan huqu¬qiy normaga tayandi.

SHuningdek, sud ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo'yicha barcha mumkin bo'lgan holatlarni tekshirish, ish materiallarida malum bo'lib qolgan kam-ko'stlarni to'ldirish, yuzaga kelgan barcha shubha va qa¬rama- qarshiliklarga barham berish natijasida yig'ilgan ishonch¬li dalillargina asos qilib olinishi lozimligiga doir qatiy talabga rioya etdi.

SHundan so'ng sud to'plangan dalillarga baho berib, R. Murodovga nisbatan qo'yilgan ayb o'z tasdig'ini topmadi, de¬gan xulosaga keldi. R. Murodovning harakatlarida ji¬noyat¬ tarkibi bo'lmaganligi sababli Jinoyat processual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan unga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

R. Murodovga etkazilgan moddiy, manaviy hamda bosh¬qa zararlarni qoplash yuzasidan Jinoyat processual kodeksining 304-312-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davo qilish huquqi tushuntirildi.

Bu haqda Jinoyat ishlari bo'yicha Qarshi tuman sudining raisi Fazliddin CHoriev “7news.uz” ga xabar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing