15 iyu 11:57
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistondan yuqori pog'onada turgan Janubiy Koreya bosh murabbiyi istefoga chiqarildi!
JCH-2018 saralashidagi O'zbekiston terma jamoasining raqibi Janubiy Koreya bosh murabbiysiz qoldi.
Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi germaniyalik Uli SHtilike bilan
xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda Koreya matbuoti xabar tarqatdi.
SHtilike
2 yil 9 oylik faoliyatdan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasini tark etdi.
Jamoa ushbu murabbiy boshchiligida 25ta g'alaba, 5ta durang va 8ta mag'lubiyat
qayd etdi.
Ayni paytda Janubiy Koreya JCH-2018 saralashining "A"
guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan
uni taqib qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya kuni kecha Qatar mehmoni bo'lib 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar