29 apr 11:54
Yangiliklar
Futbol

O'zbekistonga mag'lub bo'lgan Kannavaro endi terma jamoa bosh murabbiyi emas
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali milliy jamoadan ketganini elon qildi.
Kannavaro qo'l ostidagi xitoyliklar China Cup-2019 turnirida ikkita uchrashuv o'tkazishdi va Tailand hamda O'zbekistonga mag'lub bo'lishdi. 45 yoshli mutaxassis "Guanchjou Evergrand" va oilasiga etibor qaratish uchun milliy jamoadan ketganini aytdi.
Kannavarodan oldin Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Marchelo Lippi ishlagan edi. Lippi Xitoyning Osiyo Kubogi-2019dagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng jamoani tark etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar