So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

16 mar 08:20
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekistonlik 13 yoshli grossmeyster Bobbi Fisher musobaqasida 2-o'rinni egalladi

Islandiyaning Reykyavik shahrida shaxmat bo'yicha afsonaviy Bobbi Fisher xotirasiga bag'ishlangan GAMMA Reykjavik Open 2018 xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqada 34 mamlakatdan 248 nafar sportchi ishtirok etdi. To'qqiz tur natijalariga ko'ra hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov musobaqani mag'lubiyatsiz yakunlab, 248 nafar ishtirokchi orasida 17-o'rinni egalladi. 

SHuningdek, u 14 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Musobaqada 1-o'rinni 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'argan hindistonlik xalqaro grossmeyster V.Adxiban, 2-3 o'rinlarni xalqaro grossmeysterlar franciyalik M.Lagarda hamda turkiyalik Mustafo Yilmazlar egalladi. 

O'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov taniqli sportchilar franciyalik M.Lagarda, ukrainalik Pavel Elyanov hamda amerikalik Gata Kamskiy bilan durang natijaga erishdi va jami 4 g'alaba hamda 5 durang qayd etib, 6,5 ochko jamg'ardi.

SHuningdek, kuni kecha Harpa Blitz 2018 blic yo'nalishi bo'yicha musobaqalar nihoyasiga etdi. Turnirda 15 mamlakatning 59 nafar sportchisi ishtirok etdi. To'qqiz turdan iborat blic musobaqasida Nodirbek Abdusattorov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, 2-o'rinni qo'lga kiritdi. 14 yoshgacha o'smirlar o'rtasida esa 1-o'rinni egalladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing