So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

30 okt 11:30
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekistonlik 13 yoshli Nodirbek grossmeysterga aylandi!

Teglar :  SHaxmatAbdusattorov
Joriy yilning 20-29 oktbyar kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy “24-Memorial M.CHigorina” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Jahonning nufuzli xalqaro turnirlari qatoridan o'rin egallagan mazkur turnirda Jaxonning 20 davlatidan 360 nafar shaxmatchilar ishtirok etdilar. SHulardan 37 ta xalqaro grossmeyster va 3 nafar ayollar o'rtasida xalqaro grossmeyster, 42 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari va 8 nafar ayollar o'rtasida xalqaro toifadagi sport ustalari va boshqa toifadagi shaxmatchilar ishtirok etdilar.
   
Ushbu musobaqada O'zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoa azolari:Jahongir Vaxidov-xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustalari- Abdusattorov Nodirbek, Yakubboev Nodirbek, Vaxidov SHamsiddin va Sindarov Javohirlar ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.
   
Jumladan, blic yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda xalqaro toifadagi sport ustasi 15 yoshli Yakubboev Nodirbek dunyoning 24 davlatidan tashrif buyurgan 300 nafar shaxmatchilari orasidan 1-o'rinni egalladi!
   
Musobaqada o'ziga hos o'yin mahoratini namoyish etgan 13 yoshli Abdusattorov Nodirbek Jahon  shaxmat mutaxassislari etirofiga sazovar bo'ldi. N.Abdusattorov  shaxmat bo'yicha  xalqaro grossmeyster unvonining uchinchi talabini bajardi.  Abdusattorov Nodirbek o'tgan yili o'tkazilgan mazkur musobaqada xalqaro grossmeysterlik unvoning birinchi talabani bajargan edi. Ikkinchi talabini 2017 yil avgust oyida o'tkazilgan “24 Abu-Dabi  SHaxmat Festivali”da bajargan edi.
   
Aytish lozimki, iqtidorli Nodirbek Abdusattorov bir qator jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qayd etgan:  

2012 yil- 8 yoshgacha o'smirlar o'rtasida Jahon chempioni (Maribor, Sloveniya), FIDE sport ustasi unvonini qo'lga kiritdi;
2014 yil – 10 yoshgacha o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati kumush medal sohibi (Durban, JAR)
2016 – 11 yoshgacha maktab o'quvchilari o'rtasida Jahon chempioni (Sochi, Rossiya)
2016 yil, sentyabr – xalqaro toifadagi sport ustasi unvoning  uchinchi talabini bajardi (Kuala-Lumpur, Malayziya)
2017 yil, 29 oktyabrya – xalqaro grossmeyster unvoning uchinchi talabini bajardi (Sankt-Peterburg, Rossiya)!

O'zbekiston SHaxmat Federaciyasi Nodirbek Abdusattorovning kelgusida yuksak marralarni zabt etishiga ishonch bildiradi!

Reyting: +1   

Fikrlar

   
31 okt 05:57:41
СПОРТ
Ота-онасига рахмат
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing