03 okt 15:00
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

O'zbekistonlik hakam Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlarida ishlaydi
Bu haqda O'zbekiston MOQ axborot xizmati xabar berdi.
"Xalqaro konkichilar ittifoqi figurali uchish bo'yicha Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlarida faoliyat olib boradigan hakamlar ro'yxatini elon qildi. Ahamiyatlisi, ushbu ro'yxatda hamyurtimiz ham bor.
Bo'lajak Olimpiadada o'zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova sportchilarning chiqishini baholab boradi. Mutaxassis individual (juftlik) va jamoaviy (ayollar va juftlik) dasturlarda ishlaydi.
Qayd etish joiz, S.Numanova Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya o'yinlarida ham faoliyat olib borgan", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar