14 apr 15:32
Yangiliklar
Futbol

O'zbekistonlik hakamlar OCHL-2 yarim final o'yinini boshqaradi
O'zbekistonlik hakamlar brigadasi Osiyo CHempionlar Ligasi 2 (OCHL-2) musobaqasining yarim final uchrashuvida faoliyat olib boradi.
Ertaga, 15 aprel kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklarining "SHarja" hamda Saudiya Arabistonining "Al Taavun" jamoalari o'zaro to'qnash keladi.
Bosh hakam – Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar – Sanjar SHoyusupov va Alisher Usmonov
Zaxira hakami – Asker Najafaliev
VAR – Ahrol Risqullaev
AVAR – Abdurashid Xudoyberganov
Havola :
Fikrlar