16 okt 08:32
Yangiliklar
O'zbekistonlik ikki og'ir atletikachining doping-sinamasida taqiqlangan moddalar aniqlandi
Bu haqda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi malum qildi.
Joriy yil sentyabr oyida kattalar va yoshlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston kubogi musobaqasida Komiljon Ibragimov va Muslimbek Tursunboevdan doping-sinamalar olingan.
Tahlil natijalariga ko'ra, Ibragimovning sinamasida furosemid, Tursunboevnikida esa metenolon (metenolone) — anabolik-androgen steroid aniqlangan.
Mazkur moddalar Butunjahon antidoping agentligi — WADA'ning 2026 yilgi taqiqlangan moddalar va usullar ro'yxatiga kiritilgan. Ulardan musobaqa vaqtida ham, musobaqadan tashqari davrda ham foydalanish taqiqlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan belgilangan tartibda o'rganish ishlari olib borilmoqda. Tekshiruvlar yakunlanib, tegishli qaror qabul qilingach, Milliy antidoping agentligi rasmiy bayonot berishini malum qilgan.
Fikrlar