01 fev 23:19
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Said Nurmagomedov UFC'da navbatdagi jangini o'tkazdi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tayotgan UFC Fight Night 250 musobaqasining asosiy kard janglari start oldi.
Kardning ikkinchi bellashuvida eng engil vazn toifasidagi rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Said Nurmagomedov braziliyalik Vinisius de Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Bahs to'liq davom etdi. 3 raund yakuniga ko'ra, Oliveyra ochkolar hisobi bilan g'alabani o'ziniki qildi.
SHu tariqa, Said Nurmagomedov faoliyatidagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Oliveyra esa 22-g'alabasini nishonladi.
Eslatib o'tamiz, Said Nurmagomedov 2022 yilda o'zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar