So’nggi yangiliklar

13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0

13 iyu 14:53
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik poygachi Italiyadagi musobaqada muvaffaqiyat qozondi

Italiyaning Mudjello trassasida o'tkazilgan Ultimate Cup GT Sprint musobaqasida o'zbekistonlik poygachi Ismoil Axmedxo'jaev hamda rossiyalik Roman Rusinov g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Dam olish kunlari davomida o'tgan poyga jamoa uchun oson kechmadi. Saralash bahslaridayoq ekipaj o'z tezligini namoyish etib, poul-poziciyani egalladi va mashina yuqori o'rinlar uchun kurashishga tayyor ekanini isbotladi.

Birinchi poygada Ismoil Axmedxo'jaev muvaffaqiyatli start olib, peshqadamlar guruhida harakatlanayotgan paytda to'qnashuvga uchradi. Bu esa GT Sprint musobaqalarining naqadar murakkab va talabchan ekanini yana bir bor ko'rsatdi.

SHunga qaramay, jamoa ikkinchi poygada kuchli qaytishni amalga oshirdi. Axmedxo'jaev va Rusinov boshqaruvidagi Rossa LM GT avtomobili marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tib, g'alabani qo'lga kiritdi.

SHu tariqa, Rossa Racing jamoasi qiyin kechgan poyga haftaligini yuqori natija bilan yakunlab, o'z xarakterini yana bir bor namoyish etdi.

Malumot uchun, Ultimate Cup European Series — Evropadagi mashhur avtosport chempionatlaridan biri bo'lib, uning tarkibiga bir nechta turli seriyalar kiradi. Mudjello bosqichida Ultimate GT Sprint Cup ham musobaqa dasturidan o'rin olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing