01 avg 14:09
Yangiliklar
SHaxmat

O'zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi
21-30 iyul kunlari Hindistonning Goa shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o'rtasida IPSA tasnifidagi XXIV Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqada dunyoning 18 davlatidan 97 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O'zbekiston sharafini 7 nafar shaxmatchimiz himoya qildi. Turnir standart, rapid va blic yo'nalishlarida tashkil etildi.
Sportchilarimiz quyidagi yutuqlarga erishdilar:
Standart yo'nalishida:
Normuminov Uralbek — 15 yoshgacha o'smirlar o'rtasida 2-o'rin
Azimjonov Abdurahmon — 15 yoshgacha o'smirlar o'rtasida 3-o'rin
Rapid yo'nalishida:
Normuminov Uralbek—15 yoshgacha o'smirlar o'rtasida 1-o'rin
Ergashov Nurmuhammad — 15 yoshgacha o'smirlar o'rtasida 3-o'rin
Blic yo'nalishida:
Azimjonov Abdurahmon — 15 yoshgacha o'smirlar o'rtasida 3-o'rin
Havola :
Fikrlar