So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

31 mar 15:20
Yangiliklar

Futbol

O'zbekistonlik shifokorlar MDHda tengsiz FOTOGALEREYA

Poytaxtimizda 25-30 mart kunlari futbol bo'yicha shifokorlar o'rtasida “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri o'tkazildi.

“Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydon qariyb bir hafta davomida shifokor-futbolchilar bilan gavjum bo'ldi. Ilk bor tashkil etilgan musobaqada MDHga azo davlatlar, yani Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda O'zbekistondan ikkita jamoa g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Bugun qizg'in, murosasiz, shu bilan birga do'stona ruhda o'tgan musobaqalar o'z yakuniga etdi.

Dastlab 3-o'rin uchun bahs o'tkazildi. Unda Qozog'iston hamda Belarus terma jamoalari kuch sinashdi. Mazkur jamoalar guruh bosqichida ham to'qnash kelishgan va o'shanda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan edi. Buni qarangki, bu safar ham ular o'rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi, 2:2. Ammo, bu safar o'yinda durang qayd etilishi mumkin emasdi. SHu bois g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Omad lotoreyasida esa qo'shni qozoq shifokorlarining qo'li baland keldi.

Nihoyat, barcha orziqib kutgan final o'yinida musobaqa mezboni O'zbekiston-1 hamda Tojikiston terma jamoalari to'qnash keldi. SHuni takidlash kerak, mazkur o'yinni FIFA referisi, millatimiz faxri bo'lmish Ravshan Ertamov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. O'yin ham finalga xos shiddatkor ruhda kechdi va eng muhimi, tomonlar ochiq futbol namoyish etdi.

Musobaqadagi ilk o'yinida hamyurtlarimiz qirg'izistonlik hamkasblariga qarshi ancha qiynalishgan edi, garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa-da. O'shanda jamoa murabbiyi Vohid Xolboev shogirdlari o'yindan o'yinga ochilib borishi va keyingi o'yinlar u qadar murakkab kechmasligini takidlagandi. Amalda shunday bo'ldi. Yarim finalda Belarus terma jamoasini osonlik bilan mag'lub etgan vakillarimiz finalda ham aytarli qiyinchilikka duch kelmadi. Sarvar Tolipov, Nodir Bahodirov, Farhod Umarov va Anvar Anvarovlarning to'rt goliga Tojikiston terma jamoasi azolari bironta ham javob qaytara olishmadi. SHunday qilib O'zbekiston-1 jamoasi “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlardan tashqari barcha ishtirokchi jamoalar ham tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari, diplom, medal va kubok bilan taqdirlandi. SHuningdek, nominaciyalar bo'yicha ham eng yaxshilar aniqlandi.

Eng yaxshi darvozabon – Aleksandr Diskovec (Belarus)

Eng yaxshi himoyachi – Akbar Asqarov (O'zbekiston-2)

Eng yaxshi yarim himoyachi – Mikola Pakovskiy (Ukraina)

Eng yaxshi hujumchi – Azmiddin Saloiddinov (O'zbekiston-1)

Eng faxriy futbolchi – Maksim Vinogradov (Rossiya)

“Halol o'yin” sovrini – Almazbek Duyshenov (Qirg'iziston)

SHu tariqa hayajonlarga boy tarzda o'tgan musobaqa yakuniga etdi. Takidlash joiz, ushbu xalqaro turnirni Jahon tibbiyot xodimlari o'rtasida olimpiada o'yinlari – “Medigames” xalqaro tashkilotining bosh menejeri Giyom Gassend (Franciya) ham kuzatib bordi. Faxriy mehmonda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirining tashkilotchiligi iliq taassurot qoldirdi. Bu esa yaqin kelajakda O'zbekistonda bundan ham nufuzli musobaqalarni o'tkazishga zamin hozirlashiga shubha yo'q.

ALM_6663-2208x1472.JPG

ALM_7026-2208x1472.JPG

ALM_7067-2208x1472.JPG

ALM_7166-2208x1472.JPG

ALM_7505-2208x1472.JPG

Reyting: +1   

Fikrlar

   
31 mar 20:13:16
Draik
Коил докторларга!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing