05 dek 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik sportchi bilan jang qilgan yana bir chechen UFC'da debyut qiladi
2025 yilning 23 fevral kuni AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Turnir doirasida asli chechenistonlik, hozirda Germaniya sharafini himoya qiluvchi Islam Dulatov oktagonga ko'tariladi. 26 yoshli aralash yakkakurash ustasiga UFC'dagi debyut jangida amerikalik Adam Fyugitt raqiblik qiladi.
Yarimo'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi Dulatov hozirga qadar 12 ta jang o'tkazib, 11 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. U 2019 yilda o'zbekistonlik Firdavs Hasanov bilan to'qnash kelib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
35 yoshli Adam Fyugitt esa faoliyati davomida 10 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar