20 may 09:34
Yangiliklar
Eshkak eshish
O'zbekistonlik sportchi parakanoe bo'yicha Jahon kubogi oltin medali sohibi!
Vengriyada parakanoe bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'di.
Oltmishdan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etgan bahslarda o'zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli qatnashdilar.
Ayollar o'rtasida KL-3 yo'nalishida o'tkazilgan final bosqich bellashuvlarida SHaxnoza Mirzaeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo'ldi. SHu yo'nalishning erkaklar o'rtasidagi bahslarida esa Hayitmurod SHerqo'ziev kumush medalni qo'lga kiritdi.
Avvalroq, Azizbek Abduhabibov KL-2 yo'nalishida bronza medali sohibiga aylanganligi haqida xabar berib o'tgandik. SHu tariqa, O'zbekiston parakanoe terma jamoasi Jahon kubogidan uchta medal, oltin, kumush va bronza bilan qaytadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar