So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

27 fev 11:17
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik sportchilar Butunjahon qishki universiadada ishtirok etishadi

Joriy yilning 2-12 mart kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Butunjahon qishki universiada bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli sport anjumanida O'zbekiston sport delegaciyasi ham ishtirok etadi. 

Musobaqada yurtimiz sharafini Ali To'xtaev va Ivan Merkushin murabbiyligida Komiljon To'xtaev, Damir Buxarbaev, Aldiyor Gaipov, Ekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov himoya qilishadi.

Kichik Olimpiada, deya tariflanadigan Butunjahon talabalar sport o'yinlari yoki soddaroq qilib aytganda Universiada mana 50 yildirki, ahamiyati jihatidan jahon sport arenasida ikkinchi xalqaro kompleks tadbir hisoblanadi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federaciyasi (FISU) shafeligida talabalar o'rtasida, Olimpiya cikldan farqli ravishda har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan xalqaro musobaqa hisoblanadi. Bahslarda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan talabalar va musobaqa o'tkazilayotgan yilda diplom olgan bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Bu galgi Universiadada 50 dan ortiq davlatdan 3000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilyapti. Talaba-sportchilar biatlon, tog' chang'isi, kerling, chang'i poygalari, snoubord, konkida figurali uchish, fristayl, xokkey, to'pli xokkey, chang'ida mo'ljalni olish va short-trek kabi 11 ta sport turi bo'yicha 76 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing