So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи 0 20:02Нуротада гандбол бўйича Ўзбекистон чемпионлари аниқланди 0 19:41Рафаэль Надаль Бостаддаги турнирда иштирок этади 0 19:20Грузиялик Жаҳон чемпиони ўз уйида ўлик ҳолда топилди 0 18:58Шайҳонтоҳурда стол тенниси бўйича "Солиқ қўмитаси раиси кубоги" ўтказилди 0 18:58Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман" 0 18:37"Шавкат Раҳмонов дивизиондаги энг хавфли йигит" - Иан Гарри 0 18:15Қозоғистон терма жамоаси Париж Олимпиадаси учун таркибини эълон қилди + ФОТО 0 17:53Холлоуэй Топурия ҳақида: "У йигит шунчаки ўзидан тўқиб гапирмоқда" 0 17:30Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Мен ҳеч қачон реваншларда ютқазмаганман. Ютқазмайман ҳам". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 16:51Катта карвон олимп сари йўлга чиқди 0 16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0

19 avg 21:00
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

O'zbekistonlik sportchilar Osiyo o'yinlarining birinchi kunida uchta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  Osiyo o'yinlariLIVE
Osiyo o'yinlarining dastlabki kuni nihoyasiga etdi.

Osiyo o'yinlarining dastlabki kunida o'zbekistonlik sportchilar 1ta oltin, 2ta bronza medalini qo'lga kiritdilar. 

Medallar:

Oltin: Bekzod Abdurahmonov (oltin)

Bronza: Sirojiddin Hasanov(bronza)

Bronza: Magomed Ibragimov (bronza)


22:42. SHuning bilan bugungi onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz.


22:40. Magomed Ibragimov yaponiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 


22:22. Yana birozdan so'ng Magomed IBragimov bronza medali uchun yaponiyalik sportchiga qarshi kurashadi.


21:55. BEKZOD ABDURAHMONOV ERKIN KURASH BAHSLARIDA OLTIN MEDAL SOHIBIGA AYLANDI!


21:34. Ushu. Azizbek Isroilov qirg'izistonlik raqibga yutqazib qo'ydi.


21:08. Birozdan so'ng Bekzod Abdurahmonov oltin medal uchun qozog'istonlik raqibga qarshi gilamga chiqadi. 


20:42. Erkin kurashchimiz Sirojiddin Hasanovda bronza medali! U O'zbekiston sport delegaciyaga ushbu Osiyo o'yinlaridagi ilk medalni keltirdi! 


19:25. Demak birozdan so'ng uch nafar hamyurtimiz medallar uchun jang o'tkazadi:

Bronza medali uchun:
-65kg: Sirojiddin Hasanov (O'zbekiston) - Batmagnai Batchuluun (Mo'g'uliston)

Oltin medal uchun:
-74kg: Bekzod Abdurahmonov (O'zbekiston) - Daniyar Kaisanov (Qozog'iston)

Bronza medali uchun:
-97kg: Magomed Ibragimov (O'zbekiston) - Takeshi Yamaguchi (Yaponiya)


19:00. Mahmudjon SHavkatov bronza medali uchun o'tish jangida koreyalik raqibga yutqazib qo'ydi.


18:19. Magomed Ibragimov yarim finalda eronlik raqibga imkoniyatni boy berdi. Endi u bronza medali uchun jang qiladi


17:55. Bekzod Abdurahmonov yaponiyalik raqibni mag'lub etdi va finalga chiqdi. Endi u oltin medal uchun qozog'istonlik sportchiga qarshi gilamga chiqadi.


17:32. Rashid Qurbonov chorak finalda mo'g'ulistonlik povonga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


17:14. Erkin kurashchimiz Magomed Ibragimov hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.


17:00. Farrux Do'stov va Iroda To'laganova miks bahslarida Xitoy Taypeyi vakillariga 1:6, 4:6 hisoblarida mag'lub bo'lishdi.


16:52. Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov eronlik raqibini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi


16:40. Do'stov/To'laganova tandemi Xitoy Taypeyi terma jamoasi azolariga birinchi setda 1:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi...


16:29. Erkin kurash. Rashid Qurbonov yaponiyalik raqibini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.


16:10. Mahmudjon SHavkatov 1/4 finalda mo'g'ulistonlik raqibga yutqazib qo'ydi. Agar mo'g'ul sportchisi finalga chiqadigan bo'lsa, hamyurtimizda medallar uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ladi. Aks holda, SHavkatov uchun musobaqa yakuniga etadi.


15:38. Har ikki qilichbozimiz ham 1/8 finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi.



15:20. Oqgul Omonmurodova va Sanjar Fayzievdan iborat tennischilarimiz juftligi SHri-Lanka terma jamoasi azolari Dissanayaki/Kirera hamkorligiga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:3 hisobida zafar quchishdi. 


14:55. Erkin kurash. Afsuski Sirojiddin Hasanov hindistonlik Bajrang Bajrang bilan bahsda 3:13 hisobida yutqazib qo'ydi.


14:50. Erkin kurash.   Rashid Qurbonov falastinlik Alhaj Vaelni 10:0 hisobida mag'lub etib chorak finalga yo'l oldi.


14:40. Erkin kurash. Mahmudjon SHavkatov filippinlik Alvin Lobreguitoni 11:2 hisobida mag'lub etib chorak finalga chiqdi. CHorak finalda mo'g'ulistonlik Erdenebat Bekxbayar bilan kuch sinashadi


14:33. Birozdan so'ng qilichbozlarimiz chorak final chiptasi uchun kurashga chiqadilar. Oleg Sokolov Vetnam, Fayzulla Alimov esa Janubiy Koreya vakiliga qarshi jang qiladi.


14:22. O'q otish bahslarida qatnashgan Pardaboeva/Skorovorov tandemi 22ta jamoa ichida 14-natijani qayd etdi.


13:46. Ushu. Taulu yo'nalishida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Darya Latisheva birinchi bosqichda 9,69 ball jamg'arib, 12 nafar sportchi ichida uchinchi o'rinni egalladi va final bosqichiga yo'l oldi


13:34. Magomed Ibragimov xitoylik polvonni mag'lub etdi va keyingi davraga yo'l oldi.


13:08. Erkin kurashchimiz Mahmudjon SHavkatov (-57kg) ilk davrada pokistonlik raqibini 7:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi. 


12:40. Akademik eshkak eshish. To'rtlikda qatnashgan sportchilarimiz marraga ikkinchi bo'lib etib kelishdi. Endi ular finalga chiqish uchun o'tish bahslarida ishtirok etadilar.


12:35. Yana birozdan so'ng, aniqrog'i soat 13:00da(Toshkent vaqti bilan soat 11:00)da erkin kurashchilarimiz bahslarga kirishadilar. 


12:02. Qilichbozlarimiz saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashdi va pley off bahslariga yo'l olishdi. Endi ular birozdan so'ng medallar uchun kurashni boshlashadi. 


11:34. Akademik eshkak eshish. Juftlik bahslarida ishtirok etayotgan Sardor To'lqinxo'jaev va Alisher Turdiev ikkinchi natijani qayd etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. 


11:28. Akademik eshkak eshish bahslarida qatnashayotgan Jasurbek Mavlonov saralash bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 


11:04. Qilichbozlarimizdan esa Fayzulla Alimov va Oleg Sokolovlar hozircha saralash bahslarida ishtirok etishmoqda. Bir necha jangdan iborat ushbu bosqichdan eson-omon o'tib o'tishsa ular pley-off davrasiga yo'l oladilar. Saytimizning qilichbozlik bo'yicha mutaxassisi Oleg Sokolovdan medal kutilayotganini malum qildi. Biz ham kutamiz!


10:52. Suzuvchilarimiz bahslarni boshlab yuborganlar. To'rt nafar hamyurtimiz o'z yo'nalishlari bo'yicha startga chiqishdi. Ammo, ular saralash bosqichidayoq past natija qayd etib, final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadilar. Bugungi umidimiz kurashchilarimizdan. Nasib bo'lsa, erkin kurashchilarimiz O'zbekiston sport delegaciyasiga medallar shodasini taqdim etadilar. 


Bugun quyidagi sportchilarimiz bahslarda chiqish qiladilar:

Suzish:

Aleksey Tarasenko (200 m, erkin)
Xurshid Tursunov (200 m, erkin)
Artyom Kozlyuk (200 m, batterflay)
Yulduz Qo'chqorova (200 m, chalqancha)

Erkin kurash:

-57kg: Mahmud SHavkatov - Muhammad Bilol (Pokiston)
-74kg: Bekzod Abdurahmonov - Muhammad Hasan (Iroq)
-97kg: Magomed Ibragimov - Yang CHaoxiya (Xitoy)
-65kg: Sirojiddin Hasanov - Bazirang (Hindiston)
-86kg: Rashid Qurbonov - Alhaj Vail (Falastin)


Ushu:

Darya Latisheva (Taulu)
-70kg: Azizbek Isroilov - Jomart Keldibay Uluu (Qirg'iziston)


Akademik eshkak eshish:

Jasur Mavlonov (yakkalik, 2000m, saralash)
SHahboz Xolmurzaev, SHahboz Abdujabborov (juftlik, 2000m, saralash)
Sardor To'lqinxo'jaev, Alisher Turdiev (juftlik, 2000m, saralash)
Islambek Mambetnazarov, SHohjahon Najmiev, SHehroz Xakimov, Zafar Usmonov (to'rtlik, 2000 m, saralash)


Tennis:

Miks. Oqgul Omonmurodova/Sanjar Fayziev - Dissanayaki/Kirera (SHri-Lanka)


Qilichbozlik:

SHpaga.

Fayzulla Alimov asosiy davraga yo'l olish uchun pulgada quyidagi raqiblarga qarshi jang bilan boshlaydi:
Jung Jinsun (J.Koreya),
Alshaman Muhammad (Qatar),
Batti Abbos (Pokiston),
Lan Mingao (Xitoy),
Muhammad Raslan (Malayziya),
Alshatti Abdulaziz (Quvayt)


Oleg Sokolov asosiy davraga yo'l olish uchun pulgada quyidagi raqiblarga qarshi jang bilan boshlaydi:
SHahan Putra (Indoneziya)
Kohiji (Malayziya)
Bayarsayhan Batu (Mo'g'uliston)
Saidun Ali (Pokiston)
Dmitriy Alksanin (Qozog'iston)
Nguen Den (Vetnam).


Futbol:

O'zbekiston - Tailand


10:30. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. Bugun Osiyo o'yinlarining ilk kunida bahslar o'tkaziladi. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi chiqishlardan onlayn natijalarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.


Reyting: +2   

Fikrlar

   
19 avg 21:21:17
ufcking5
Adminlar iltimos vahtini aniq yozinglar
   
19 avg 20:34:03
Nozimjon Pozilov
жадвалда узбекистон нечинчи урда кетяпди олайн клиб чикариб туринглар админжонлар
   
19 avg 20:15:01
Sardor Xolmuhamedov
Go Uzbekistan !!! Pochin bor buyogiga faqat omad hamma Uzb vakillariga
   
19 avg 12:15:37
Кунград
Сайт ходимларига рахмат Осиё ўйинларидан LIVE килаятганига.
   
19 avg 10:40:54
Jurabek Eshonqulov
agar iloji bo'lsa aniq vaqtini yozinglar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing