12 apr 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi UFC'ga o'tganiga ishora qildi (FOTO)
Yarimo'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Instagram sahifasiga yangi post joyladi.
"Oq bo'ri" taxallusidagi Xotambek Boynazarov mazkur postida UFC va Dana Uaytni belgilab, uni quyidagicha izohladi: "Tez orada Baku yoki Abu-Dabida ko'rishguncha, In SHa Alloh!".
Malumot uchun, Boynazarov UAE Warriors Ligasining yarimo'rta vazn toifasida amaldagi chempioni hisoblanadi. U hozirga qadar faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Xotambek so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Tagir Abdullaevga qarshi o'tkazib, g'olib bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar