03 okt 07:06
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekistonlik xokkey hakamlari jahon chempionatlari o'yinlariga tayinlandi
O'zbekistonlik xokkey referilari - David Prokofev va Sergey Ermakov ilk bor jahon chempionatida faoliyat olib boradi.
Sergey Ermakov Meksikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati bahslariga tayinlandi. Sergey u erda 2025 yil 27 aprel - 3 may kunlari o'tkaziladigan 3-divizionning "V" guruhi o'yinlarida ishlaydi.
David Prokofev esa 2025 yil 13-19 aprel kunlari Armanistonda o'tadigan 4-divizion o'yinlarida ishlaydi. Musobaqada Armanistonning o'zidan tashqari, O'zbekiston terma jamoasi, shuningdek, Eron, Quvayt, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari ishtirok etadi.
Bundan tashqari, yana bir xokkey bo'yicha o'zbekistonlik hakam — Donish Saydullaev bosh arbitrning "S" toifadagi xalqaro licenziyasini olganini takidlash zarur.
Havola :
Manba : ice-hockey.uz
Fikrlar