20 jan 12:05
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekistonlik xokkey referisi va diktor yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishlaydi
Bu haqda O'zbekiston xokkey federaciyasi xabar berdi.
"O'zbekistonda xokkeyni rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan tizimli ishlar xalqaro etirofga sazovor bo'lmoqda. Mamlakatimiz vakillari 2026 yilning 18-24 yanvar kunlari Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan IIHF U20 Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati (III-B Divizion) doirasida ishlash uchun taklif etildi.
Hakam Sergey Ermakov va diktor Dmitriy Sinicin Qirg'iz Respublikasi, Meksika, Lyuksemburg, Janubiy Afrika Respublikasi, Eron va Xitoy terma jamoalari ishtirokidagi turnir uchrashuvlariga xizmat ko'rsatadi.
Mutaxassislarimizga ishonchli, professional faoliyat va qimmatli xalqaro tajriba tilaymiz.


Havola :
Manba : t.me/uz_hockey
Fikrlar