10 okt 10:59
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekistonlik xokkeychi Javohir Rasulov Qozog'iston chempionatida debyut golini kiritdi
Xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionati davom etmoqda.
Xabaringiz bor, ushbu chempionatda Toshkentning "Humo" xokkey klubi ham ishtirok etmoqda. Jamoa 14 ta turdan so'ng 26 ochko to'plagan holda musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.
Ahamiyatlisi, "qanotlilar"ning 13-tur doirasida "Kulager"ga qarshi o'yinida tarixiy voqea sodir bo'ldi. Yani, jamoa tarkibidagi o'zbekistonlik xokkeychi Javohir Rasulov klubda Qozog'iston ochiq chempionatidagi debyut golini kiritdi. 21 yoshli hujumchimiz bu mavsum "Humo" tarkibida 11 ta o'yinda muzga chiqib, 1 ta shayba va 1 ta assist muallifi bo'ldi.
Havola :
Manba : t.me/hc_humo
Fikrlar