So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

05 okt 07:35
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik yong'in o'chiruvchilar jahon chempionatida ishtirok etishdi

Xalqaro yong'in o'chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federaciyasining ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish rejasiga ko'ra Turkiyaning Izmir shahrida yong'in o'chiruvchilar va qutqaruvchilar o'rtasida XIII-jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Rossiya, Belarus, CHexiya, Ukraina, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, Slovakiya, Bolgariya, Turkiya, Qozog'iston hamda O'zbekistondan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqa ishg'ol qilish narvonida o'quv minorasining 4-qavatiga ko'tarilish, 100 metrga to'siqlar osha yugurish, yong'in o'chiruvchilar estafetasi hamda yong'in o'chirish bo'yicha jangovar yoyilish turlari bo'yicha o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong'in xavfsizligi xizmati xodimlaridan tashkil topgan jamoa ishg'ol qilish narvonida o'quv minorasining 4-qavatiga ko'tarilish va 100 metrga to'siqlar osha yugurish bo'yicha oltinchi, yong'in o'chiruvchilar estafetasi turida to'rtinchi hamda yong'in o'chirish bo'yicha jangovar yoyilish turida to'qqizinchi o'rinlarni egalladi.


SHuningdek, ishg'ol qilish narvonida o'quv minorasining 4-qavatiga ko'tarilish turida 1 nafar hamda 100 metrga to'siqlar osha yugurish turida 4 nafar terma jamoamiz sportchilari “Sport ustasi” meyorlarini bajarishdi.

Yong'in o'chiruvchilar estafetasi turida vakillarmiz 55.77 soniya natijani qayd etib, yangi milliy rekordni o'rnatishdi (oldingisi, 2014 yilda Qozog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan X-jahon chempionatida 56.36 soniya qayd etilgan).

Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni Belarus, ikkinchi o'rinni Rossiya va uchinchi o'rinni Ukraina davlati vakillari egallashdi. O'zbekiston Respublikasi terma jamoasi esa kuchli beshlikka kirdi. G'olib va sovrindorlar medallar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing