20 okt 22:10
Yangiliklar

O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi malum bo'ldi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz 2-turda Avstraliyani mag'lub (3:2) etib, guruhda muddatdan avval birinchi o'rinni naqd qilishgandi. Endi chorak finalda terma jamoamiz “C” guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan to'qnash keladi.
Bugun ushbu guruhda 3-tur bahslari yakunlandi. Yaponiya 7 ochko bilan birinchi, Eron esa 5 ochko olib ikkinchi bo'ldi. Aynan Eron chorak finalda terma jamoamizga raqiblik qiladi.
Bo'lajak bahs Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechadi. Ushbu o'yin g'olibi keyingi yili Janubiy Koreyada o'tadigan Jahon (U-20) chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Mazkur bahs, 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15da boshlanadi.
Undan oldin O'zbekiston guruh bosqichining so'nggi turini Xitoyga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv esa 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.
Fikrlar