04 iyu 13:00
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonning raqibi Janubiy Koreyada yangi bosh murabbiy nomi malum qilindi
JCH-2018 saralashidagi O'zbekiston terma jamoasining raqibi Janubiy Koreya yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi.
Janubiy Koreya terma jamoasi sobiq futbolchisi SHin Tae Yong endilikda bosh
murabbiy lavozimida ishlaydi. Bu haqda championat.asia OFK rasmiy saytiga
tayanib xabar berdi.
Murabbiy bunga qadar Janubiy Koreya U-20
terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uli SHtilike kelguniga qadar 2014
yil sentyabr oyida aynan SHin Tae Yong bosh murabbiy lavozimini bajaruvchi
bo'lib ishlagan edi.
31 avgust kuni SHin Tae Yong boshchiligidagi
koreyslar o'z maydonida Eronni qabul qilishadi. 5 sentyabr kuni Janubiy
Koreya Toshkentda O'zbekiston bilan o'ynaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar