So’nggi yangiliklar

07:35Нигина Абдураимова иштирокидаги учрашув якунига етмай қолди 0 07:14Белбоғли кураш. Ўсмирларимиз жаҳон чемпонатида 7 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 19:41Испанияда "табрик коридорлари" ташкил этиш тақиқланиши мумкин 0 19:20Мераб Двалишвили жанговор самбо бўйича АҚШ чемпиони бўлди 0 18:58"Уимблдон"да Россия ва Беларусь байроқлари тақиқ остида бўлади 0 18:37UFC ва Bellator камарларига собиқ даъвогар Конорнинг лигасида дебют қилади 0 18:15Камавинга Франция терма жамоаси машғулотларига қайтди 0 17:52"Камару ишсиз зерикиб қолмоқда" - Пейж Усман билан жанг қилмоқчи 0 17:30UFC рейтинги. Александр Волков кучли учликка кириб олди 0 17:08Шара Буллет АҚШда жанг қилиши учун қўйилган тақиқ ҳақида гапирди 0 16:58"Шунқорлар" – 2024: Хоразм вилояти жамоаси Кубокни яна ўзида сақлаб қолди 0 16:45"Бавария" "Манчестер Сити" юлдузини харид қилмоқчи 0 16:24Рой Жонс ўғли ўз жонига қасд қилганини айтди 0 16:01БРИКС ўйинларига рўйхатдан ўтган мамлакатларнинг 20 тасидан умуман спортчи иштирок этмади 0 15:38Доғистондаги террорчилар ичида Хабибнинг залидан спортчи борлиги айтилди, унинг ўзи эса бунга жавоб берди 0

21 sen 15:02
Yangiliklar

Futbol

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
Er yuzida millionlab insonlarning sevimli sport turiga aylangan futbol – eng ommalashgan sport turlaridan sanaladi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Mamlakatimizda ham sport turlari orasida ommaviyligi jihatdan futbol etakchilik qilishi, shubhasiz.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol va qishki sport turlari fakulteti negizidagi Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ham futbol bo'yicha yuqori salohiyatli mutaxassis-kadrlarni tayyorlab berishda, istedodli futbolchilarni katta sport sari yo'naltirishda etakchi kafedralardan hisoblanadi. Demak, futbol kafedrasi haqida gap ketar ekan, dastlab uning tarixiga qisqacha nazar solamiz.     

Kafedra 1966 yilda tashkil topgan, ungacha esa futbol mutaxassisligi Sport o'yinlari kafedrasi tarkibida bo'lgan. 1966 yilda kafedrani tashkil etishda pedagogika fanlari nomzodi, docent G.M. Sergeev faol ishtirok etgan hamda u kafedraning birinchi mudiri sifatida 1966 yildan 1979 yilgacha faoliyat olib borgan. 1979 yildan 1987 yilgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, professor R.A. Akramov boshqarib kelgan. 1987 yildan 2018 yilgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, professor R.I. Nurimov boshqargan. 2018-2019 yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, docent SH.U. Abidov rahbarlik qilgan bo'lsa, 2019-2020 o'quv yilida kafedra yana professor R.I. Nurimov boshqaruviga o'tadi. 

Joriy o'quv yilidan kafedraga docent SH.U. Abidov rahbarlik qilmoqda. O'ttiz yildan buyon futbol sohasida faoliyat yuritib kelayotgan, yuzlab shogirdlar tayyorlagan, bugun shogirdlari mamlakatimizning turli jabhalarida yurt ravnaqi yo'lida mehnat qilayotgan kafedra mudiri, docent SHavkat aka Abidov boshchiligida kafedra ishlari belgilangan istiqbolli rejaga muvofiq va izchil tarzda yo'lga qo'yilgan. 

 Kafedrada faoliyati davomida I.A. Koshbaxtiev, R.A. Akramov, G.M. Sergeev, R.I. Nurimov, SH.T. Iseev, A.I. Talipdjanov, O.B. Sadikov, O.A. Qurbonov, O. Ataev, SH.U. Abidov, N.M. Yusupov, S.R. Davletmurodov, A.A. Artikov, F.R. Mahamadjanov, D.K. Ismagilovlar fan doktorlari va nomzodlari, professor, docent ilmiy darajalariga erishdi. 

Hozirgi kunda ham kafedra azolaridan O.Bekturov, A.T. SHermuxamedov, M.R. Yo'ldoshev, I.A. Maksumov, O. R. Igamberdievlar PhD hamda A.A. Artiqov DcS doktorlik dissertaciyalari ustida qizg'in ish olib borishmoqda. “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” faxriy unvoniga kafedrada mehnat qilayotgan R.A. Akramov, A.I. Talipdjanovlar, sport ustaligiga esa SH. SHukurova, R. Melziddinov, O. Dachev va R. Kuryazovlar ega bo'lishgan. 

 Kafedra professor-o'qituvchilarining tayanch malumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosligiga mos keladi. Bugun kafedrada 4 nafar professor, 7 nafar docent, 4 nafar katta o'qituvchi va 23 nafar o'qituvchilar 950 nafardan ortiq talabalarga faoliyat turi bo'yicha saboq berishadi.

Kafedraning faoliyati davomida shu kungacha professor-o'qituvchilar tomonidan 9 ta darslik va 7 ta o'quv qo'llanmalar, 60 ga yaqin uslubiy qo'llanma va tavsiyanomalar hamda 700 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.

Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorlik aloqalariga ham alohida etibor qaratgan. Xususan, O'zbekiston futbol associaciyasi, Jizzax davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, CHirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, P.F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy universiteti hamda Belorus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. Hamkorlik doirasida doimiy tarzda futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoalariga, super hamda birinchi liga jamoalariga, shuningdek, bolalar va o'smirlar jamoalariga ilmiy-uslubiy yordamni ko'rsatib keladi.

Universitetning barcha kafedralarida faxrlanadigan sportchilari bo'lgani kabi, mazkur kafedrada tahsil olgan yoki ayni paytda talabalar safida bo'lgan futbolchilarning ko'pchiligi nomdor sportchilar qatoridan allaqachon joy olishgan. Kafedra bitiruvchilardan M. Qosimov, I. SHkvirin, SH. Maqsudov, A. Fyodorov, F. Magomedov, S. Lebedev, R. Do'rmonovlarni tanimagan, bilmagan muxlis topilmasa kerak. Ular hatto mazkur universitetda talabalarga tez-tez mahorat darslarini ham o'tishadi. 

SHuningdek, kafedra talabalaridan B. Ergashev, V. Davronov, D. Tursunov, I. Qobilov, O. Hamrobekov, R. Ashurmatov, A. Komilov, J. Yaxshiboev, D. Narzullaev, D. Masharipov, I. Aliboev, D. Hamdamov hamda Z. O'rinboevlar 2018 yil 9-28 yanvar kunlari Xitoyda o'tgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoa tarkibida g'oliblikni tantana qilishgan. Yodingizda bo'lsa, o'sha chempionatning qor-bo'ronli finalida maydonda to'p surgan Odiljon Hamrobekov “Eng yaxshi o'yinchi” nominaciyasini qo'lga kiritgan. Bu kabi muvaffaqiyatlarni bugun universitetning futbol mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalari faxr bilan tilga olib, eslab yurishadi. Bundan tashqari kafedra talabalaridan tashkil topgan futbol bo'yicha terma jamoasi 2004, 2007, 2010, 2013 va 2016 yillari talabalar o'rtasida o'tkazilgan Universiada sport o'yinlarining futbol bo'yicha g'olibi bo'lishgan. Bitiruvchilardan yana biri Javlon Anorov mini-futbol bo'yicha jahon chempionatida chiroyli gollari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan. 

Kafedra bitiruvchilaridan R. Ermatov, A. Rasulov, V. Kovalyov, N. Lutfulin, B. Xaydarov, V. Ceytlin hozirgi kunda xalqaro toifadagi hakamlar hisoblanishadi. Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro toifadagi hakamlar R. Ermatov hamda A. Rasulovlar talabalarga dars ham berishgan. Bugun, ayniqsa, bitiruvchi – O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, FIFA referisi bo'lib ishlagan Ravshan Ermatov universitetning faxriylari qatoridan joy olgan.

– Bugun universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib havasingiz keladi, – deydi kafedra mudiri SHavkat Abidov. – Keyingi uch yilda barcha joylarda bo'lgani singari universitetimizda rektorimiz Mahmudjon Boltabaev boshchiligida misli ko'rilmagan o'zgarishlar – bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Quvonarlisi, bunday bunyodkorlik ishlari hamon davom etmoqda. Har bir sport turi bo'yicha talabalarning emin-erkin shug'ullanishi, nazariy va amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etishlari uchun yaratilgan zamoniy qulayliklardan biz ustozlarning ham jo'shqin kayfiyatda dars berishimizga, o'z ustimizda yanada ko'proq ishlashimizda, izlanishlar olib borishimizda turki bo'ladi. Maqsadimiz, doim bilimli va yuqori salohiyatli mutaxassis-kadrlarni tayyorlab, mamlakatimiz futbolini yuksaltirish bo'lib qolaveradi.

Darhaqiqat, kafedra mudiri SHavkat Abidov to'g'ri takidlab o'tdi. Agar siz ham bugun universitetda bir muddat bo'lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini, ekoolamini diqqat-nazar bilan kuzatsangiz bunga amin bo'lasiz.

Kafedra o'qituvchisi Sirojiddin PO'LATOV va o'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing