So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

14 avg 13:45
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSU 65 yoshda: Ko'zguda – ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
Kecha, 13 avgust kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil topganiga roppa-rosa 65 yil to'ldi.

Biz tanishtirmoqchi bo'lgan universitetning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi talabalarni ijtimoiy-siyosiy, g'oyaviy-manaviy dunyoqarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, manaviy-siyosiy islohotlarni chuqur biladigan kadrlar bo'lib etishish yo'lida xizmat qilib keladi. 

Kafedra tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1956 yilda faoliyati yo'lga qo'yilgan falsafa kafedrasiga o'sha paytda iqtisod fanlari nomzodi, docent V. P. Xalturina rahbarlik qilgan. Kafedrada fan nomzodlari, docentlardan M. A. Aminova, A. YU. Ziyamuxamedov, K. P. Irisboev, S. V. SHapalova, SH. G. Yahyoev, o'qituvchilardan A. S. Dinershteyn, E. I. Dolkart, M. B. Karimov, O. N. Starodubova, A. J. Sultonova, I. N. Usmonov, E. YU. Eshmatovalar ish olib borishgan. 1956 yildan 2007 yilgacha tarix fanlari nomzodi, docent E.M.Mavloniy, falsafa fanlari doktori, professor E.K.SHaternikov, falsafa fanlari nomzodi, docent A.M.Jalolov, falsafa fanlari nomzodi, docent X.M.Xasanova kafedra mudiri bo'lib ishladilar. 2018 yilgacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi, docent N. N. Nazarov boshqargan.

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 1973 yilda tarix Tarix kafedrasi sifatida tashkil etilib, unga tarix fanlari nomzodi, docent E.M.Mavloniy mudir etib tayinlangan. Kafedrada 1973-2018 yillar oralig'ida E.Ayubjonov, K.I.Nurmuhammedov, M.A.Aminov, E.K.SHaternikov, A.YU.Ziyamuhammedov, T.M. Mahmudov, G.R.Asatova, R.Xudoyberdiev, J.H.G'aniev, B.B.Jahongirovlar mudirlik vazifasida ishlab kelishgan. 

Ushbu kafedralar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3197 sonli qarori asosida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qilib qayta tashkil etilganligi sababli 2018 yilda ijtimoiiy-gumanitar fanlar kafedrasiga aylantirildi. 

Ayni paytda kafedra rahbari falsafa fanlari nomzodi, docent Nurali Nazarov hisoblanadi. Kafedrada bugun fan nomzodlari va docentlardan B. Jahongirov, I. Mirzaqulov, B. Sirojov, PhD docent A. SHopo'latov, falsafa fanlari bo'yicha PhD B. Primov, tarix fanlari bo'yicha PhD YA. Turdimurodov, katta o'qituvchilardan T. Turgunov, O. Ochilov, N. Yusupova, SH. Djumaqulov, A. Xayotov, F. Yaqubov, J. Mamanov, N. Abdikadirova, o'qituvchilardan N. Mirdjamalova, A. Jo'raev, J. Roziqov, A. Rasulov, N. Tolibov, M. Jumaev, B. Saidusmonov, U. Burliev, M. Azamova, I. Abdullaev, R. Qo'yliev, Z. Xushvaqtov, J. Nurullaevalar talabalarga dars berib kelishadi. Talabalarga bilim berishda kafedrada ijtimoiy- gumanitar fanlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan foydalaniladi. 

Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashning ilmiy-pedagogik asoslari bo'yicha ham qator ilmiy ishlar olib borilmoqda. Ilmiy ishlar natijalari nafaqat MDH davlatlarida, balki boshqa xorijiy nashrlarda ham chop etilib kelinmoqda. Kafedrada 9 ta nomzodlik dissertaciyalari, 15 ta magistrlik dissertaciyasi va 50 dan ortiq diplom ishlari muvaffaqiyatli bajarilgan va yoqlangan. Hozirda kafedraning 7 nafar yosh o'qituvchilari mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 

Professor-o'qituvchilar tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan bo'lsa, kafedra xodimlari ilmiy maqolalari bilan xalqaro anjumanlarda, simpoziumlarda ishtirok etishgan. SHuningdek, kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan darslik, qator monografiyalar va o'quv qo'llanmalar yaratilib, bunda sport falsafasi, sport sociologiyasi, sport estetikasi, sport etikasining maqsad va vazifalari keng yoritilmoqda.

Bugungi kunda kafedrada bakalavriat bosqichidagi talabalarga Falsafa, Dinshunoslik, O'zbekiston tarixi, O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi, Fuqarolik jamiyati, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari, sport sociologiyasi, xalqaro sport huquqi fanlari bo'yicha talim berilmoqda.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida docent Nurali Nazarov boshchiligida hamkorlik aloqalari ham keng yo'lga qo'yilgan. Xususan, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish instituti, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti, CHirchiq davlat pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Rossiya sport-sog'lomlashtirish va turizm universiteti, P. F. Lesgaft nomli Sankt-Peterburg milliy jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetlari bilan hamkorlik aloqlarini mustahkamlagan.

Kafedrada talabalarning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning manaviy, estetik jihatdan dunyo qarashini kengaytirish, yot g'oyalar tasiridan himoya qilish, mamlakatimiz rivoji va ravnaqi yo'lida fidoiy insonlar bo'lib kamol topish yo'lida manaviy- marifiy ishlarga alohida etibor qaratilgan. Bu borada dastur-rejalar ishlab chiqilib, turli yo'nalishlarda jamoat tashkilotlari hamkorligida tadbirlar o'tkazilishi doimiy odatga aylangan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing